Mavzu: lingvokriminalistika va lingvistik ekspertiza mohiyati


Download 336.5 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi336.5 Kb.
#1532902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI

Kriminalistika tizimi
Kriminalistika tizimi to ‘rtga boMinadi:
1. Kriminalistikaning ilmiy asoslari va metodologiyasi.
Kriminalistikaning ushbu qismida uning ilmiy asoslari, vazifalari,metodlari, kriminalistik identifikatsiya va diagnostika kabi masalalar o ‘rganiladi..
2. Kriminalistik texnika. Kriminalistik texnika bu faqat texnika vositalarining yigindisi bolibgina qolmay, balki kriminalistikaning umumiy nazariyasi va tabiiy hamda texnika fanlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy qoidalar, usullar va metodlar majmuyidir. Bunda daliliy
obyektlami topish, saqlash, qayd etish, tadqiq etish va jinoyatning oldini
olish uchun protsessual qonunga muvofiq ulardan foydalanish maqsad qilib q o ‘yilgan. Kriminalistik texnika vositalaridan ham tergovchi, ham ekspert muassasalari foydalanadi, texnik asbob-anjomlar esa eng murakkab va xilma-xil ekspert tadqiqoti otkazish imkoniyatini beradi.
Kriminalistikaning bu qismiga asosiy kriminalistika texnikalari, sud fotografiyasi, izlar to ‘g ‘risidagi t a ’limot (trasologiya), sud ballistikasi, hujjatlarning texnik-kriminalistik tadqiqoti, xat va dastxatning kriminalistik tadqiqoti, odamning tashqi qiyofasi b oyicha tasvirlash va
kriminalistik ro‘yxat kiradi. Kriminalistik texnika mavzusining xilma-xilligiga qaramay, ularning rivojlanishi va tabiiy-texnik asoslari umumiy bolib qolaveradi.
3. Kriminalistik taktika. Tergov taktikasi - bu kam kuch, vosita va vaqt sarflab yuqori samaraga erishish maqsadida jinoyatni tergov qilish, ochish va oldini olishda qollaniladigan kriminalistikaning umumnazariy
qoidalari, mantiq, psixologiya, sud etikasi va boshqa ilmiy bilimlardan foydalanishga asoslangan dastlabki tergovning taktik usullari va metodlarining tergovni rejalashtirishning majmuidir.
Tergov taktikasi faqat dalillarni ochish va tadqiq qilishga
y o ‘naltirilgan ayrim tergov harakatlari oMkazish usullarini ishlab chiqibgina qolmay, ayni vaqtda vujudga kelgan tergov vaziyatlaridan kelib chiqib, aniq bir ishni tergov qilishning umumiy y o ‘nalishini tanlashga ham yordam beradi.

Download 336.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling