Mavzu: lingvokriminalistika va lingvistik ekspertiza mohiyati


Lingvokriminalistika haqida tushuncha.Qo’lyozma mantlarni kriminalistik usulda tekshirish.Hujjatlarni kriminalistik-texnik tekshirish


Download 336.5 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi336.5 Kb.
#1532902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI

1.2.Lingvokriminalistika haqida tushuncha.Qo’lyozma mantlarni kriminalistik usulda tekshirish.Hujjatlarni kriminalistik-texnik tekshirish.
Hujjatlar ashyoviy dalil sifatida kriminalistik tekshiruv obyekti.Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi. Dastxatning identifikatsiyaviy belgilari. Xatshunoslik tekshiruvining uslubiyoti. Kriminalistik muallifshunoslik tekshiruvi. Dastxatshunoslik va muallifshunoslik tekshiruvini o ‘tkazish uchun material tayyorlash.
Turli jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida daliliy ashyo bo ‘lgan hujjatlar bilan ishlashga to ‘g ‘ri keladi. Jumladan, o o’zgalar mulkini talontoroj qilish, mansabni suiiste’mol qilish jinoyatlari, firibgarlik, x o ‘jalik ishlarida moliyaviy hisob-kitob hujjatlari bilan bir qatorda turli yozma
hujjatlar kriminalistik tekshiruv obyekti hisoblanadi.
Hujjat deganda, keng ma ’noda biror hodisani o ‘z ida yozma
• ravishda aks ettiruvchi moddiy o b ’ekt tushuniladi. Sud va tergov amaliyotida hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
q o ‘lda turli yozish vositasida bajarilgan imzolar, xatlar (ariza, tilxat, tarjimayi hoi v. b.) moliyaviy hujjatlardagi qo‘lyozma va bosma matnlar; tipografiya usulida va bosma asboblar vositasida tay y o rlan g an hujjatlar, turli grafik chizmalar, rejalar, (hujjatlarning reproduksiya tasviri, kseroks 1 nusxalari v. b.) fotokino hujjatlar; turli obyektlar, inson va ashyoviy d alillarning kinofoto, videotasviri va fonohujjatlar; magnit tasmasiga yozilgan turli m a ’lumotlar. Kriminalistik m a ’nodagi hujjatlar jinoyat ishi b o ‘yicha ma’lum bir hodisalar haqida m a ’lumot beradi. Ba ’zi hujjatlami jinoiy maqsadda ishlatib, undan qurol sifatida foydalanadilar. Firibgarlik jinoyati bo‘yicha qalbaki hblanadi. Bu m a ’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchi ayblanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar ovoz yozuvlari, videotasvirlar, fotosuratlar va boshqa
tegishli hujjatlar bilan aniqlanadi. Ashyoviy dalillar kriminalistik m a ’noda jinoyat ishini hal qiluvchi muhim omillar bolib, ular jinoiy harakatning izlarini o ‘zida aks ettiradi yoki jinoyatni sodir etishda qurol sifatida
ishlatiladi. Ko ‘rsatilgan sifatlar hujjatlarga nisbatan tegishli bolganda ular ham daliliy ashyo hisoblanadi.
Hujjatlami ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumot olish mumkin boladi: qolyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlar kim tomonidan bajarilgan va ikkinchisi hujjat asl nusxami yoki qalbakiligi,
qaysi qismi qanday usulda o ‘zgartirilgan, o ‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo.
Ashyoviy dalil hisoblangan hujjatlami ishga qay darajada molik ekanligini aniqlash uchun tergovchi ularni k o ‘zdan kechirib, urnumiy va individual xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi.
Ashyoviy dalil bolgan hujjatlami tekshirishning asosiy vazifasi - qolyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganligini aniqlashdir. Xatshunoslik ekspertizasining tek shiru v ob yek tlari hujjatdagi qolyozma matnlari: harfli, raqamli, shartli belgilar - shifrovka, imzo shaklidagi yozuvlardir. Qolyozma xatlarni (dastxat) tekshirish va uning kim tomonidan bajarilganligini (yozilganligini) aniqlash insonning o'ziga xos yozish usuli, y a ’ni m alaka xususiyatiga bogliq. x a tshunoslik tekshiruvi, ya’ni qolyozma matn,
(imzo,raqam , turli belgilar , chizmalar va h .k .) kim tomonidan yozilgan yoki bajarilganligini aniqlash hujjatning q a lb a k i e k a n lig in i a n iq la sh u c h u n u n i k r im in a listik te x n ik a u su lid a ta d q iq etish . K rim in alistik xatshunoslik tushunchasi
Ma’lumot uchun! Y ozish malakasi inson hayotining m a’lum davrida boshlanadi va shakllanadi. Umumiy yozish qoidasi xat bilan shug ‘ullanuvchigaboshlangich m a’lum otni husnixat qoidasi asosida beriladi. H ar bir harf, raqamini yozish usuli, ayrim qism elem entlarini bir chiziqda jo y lash u v i yozish jaray o n id a j o ‘ziga qulay va mos holatni qollab umumiy yozish qoidasi chegarasidan chiqib, 1 faqat o‘ziga xos uslubni yaratadi va qollaydi. Masalan, yozish qurolini qiya yo k i to ‘g ‘ri parallel ushlab yozish natijasida harflarning o ‘ng yoki chap tom on qiya i bolishi, yozishning y o ‘nalishi, harflarning bir-birlari bilan birikishi, jo y lash u v i i kabi alom atlar hosil boladi. Yozish m alakasi o ‘rta maktab davridan shakllana boshlaydi. B oshlangich maktab o ‘quvchilari yozish qoidasiga binoan h arf va raqam larni yozishda qalam , ruchkani o ‘ngdan chapga yoki, aksincha, yo ‘nalishda bajaradilar. Y ozishni « o ‘rganish jaray o n id a xatning yozilishida harflar shakli sekin-asta o ‘zgaradi, umumiy qoida chegarasidan chiqa boshlaydi. Bu jarayonga insonning fiziologik i xususiyati ta ’sir etadi. Shu bilan birga, dastxat qotib qolgan, o ‘zgarmaydigan qobiliyat emasdir. Fiziologiya dastxatni ozini o ‘zi boshqaruvchi m urakkab funksional qobiliyat sifatida tasvirlovchi. Shunga k o ‘ra dastxat turli o ‘zgaruvchan sharoitlarda tu rg ‘unligini o‘zgartirdi, m uayyan chegaralarda turli tusga kirib turli ta’sir etuvchi kuchlar oqibatida o 'zg arishi tabiiy holdir. Dastxat quyidagi xususiyatlarga ega: - dinamik turg‘unlik (yoki nisbiy mustahkamlik); - turli ta ’sir etuvchi turlarga nisbatan o ‘ziga xos o ‘zgaruvchanlik. Xatshunoslik tekshiruvini o'tkazishda qolyozma imzoni aynan kim tomonidan yozilganligini aniqlash imkonini insonning ana shu yozish qobiliyati - dastxati beradi. Xat yozish jarayoni, shuningdek yozilgan matn: s o ‘z, raqam, imzo kriminalistik tekshiruv obyekti sifatida xat deb tushuniladi. Kriminalistikada qolyozma matnlar, qanday shaklda bolishidan qat’yi nazar, dastxat deb yuritiladi. Im z o qolyozmaning alohida bir turi bolib, o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun uni tekshirish uslubiyati dastxatni tekshirish uslubiyatidan birmuncha farq qiladi. Dastxat insonning maktabda o ‘qib, ilm olish davrida rivojlanadi va taxminan o‘rta m a’lumotga ega bolish arafasida mustahkamlanadi. Shu vaqtdan boshlab dastxat bo‘yicha uni bajargan shaxsni aniqlash imkoniyati tugiladi. Dastxatning mustahkam bolib shakllanishiga qator omillar, y a’ni insonning anatomik, fiziologik, psixologik xususiyatlari, yozish malakasi, faoliyati ta ’sir etadi. Shu bilan birga, insonning o ‘ziga xos odat bo’lib qolgan yozish harakati takrorlangan sari mustahkamlanib, individuallik - 1 aynanlik xususiyatiga ega boladi. Bu ilmiy nazariya k o ‘p yillar davomida eksperimental tadqiqotlar asosida va ekspertiza amaliyotida isbot qilingan. Dastxatning tekshiruv obyekti sifatida mustahkam bolishi nisbiydir. Chunki xat insonning ongli ravishdagi faoliyatidan bir ko‘rinish bolib, unga obyektiv va subyektiv o milar ta’sir etadi. Obyektiv omillar bolib yozish sharoitiga tegishli bolgan holatlar, y a’ni atrof-muhit ta ’siri, yozish quroli, buyumga yozilishi kabilar hisoblanadi. Subyektiv omillarga yozayotgan shaxsning psixologik kasallik, mastlik, emotsional va shu kabi insonning o ‘ziga xos bolgan boshqa holatlari kiradi. Shuningdek, yozish jarayonida shaxs qasddan yozuvi (imzosi)ni o ‘zgartirib yozishga harakat qilishi mumkin. Mana shu sabab omillar xatning nisbiy mustahkamligi va individualligini belgilaydi. Korsatilgan omillar dastxatning ayrim umumiy xususiyatiga ta’sir etib, asosiy individuallik vaqti sharoitiga nisbatan bolgan mustahkamligi xat (imzo)ni bajargan shaxsning aynanligini belgilash uchun imkon beradi. Ekspertiza tekshiruvi natijasida yozgan shaxsni aniqlash bilan bir qatorda, xatning yozilish sharoitini, yozgan shaxsning salomatlik holatlari ham aniqlanishi mumkin. Bunday holatlar xatdagi “nutq”ning umumiy, xususiy belgilar asosida amalga oshiriladi. Masalan, yozayotgan shaxsning ruhiy hayajoni va boshqa holatlari odatlangan yozish usuliga ta’sir etib, shu bois yozuvning bir tekisligi buziladi, yozish tezligi yuqori boladi yoki pastlashadi. Natijada xatning aniqligi, ravonligi o ‘zgaradi, harflar tuzilishi birm uncha soddalashadi. Qolyozmada ayrim buzilishlar kuzatiladi. 0 ‘ziga xos holatlar yozish sharoitining o ‘zgarishida ham yuz beradi. Masalan, tik turib yoki yotgan holda yozish, qolning jarohatlanishi natijasida chap qol yoki boshqa moslama bilan yozish va hokazo. Dastxatning identifik atsiyaviy belgilari Xat, imzo va boshqa qolda yozilgan matnlami kim tomonidan bajarilganligini aniqlashda qollanadigan uslub dastxatshunoslik usuli deb ataladi. Identifikatsiyaviy belgilar esa tekshiruv tadqiqot, izlanish aniqlashda vosita boladigan xatning belgi - alomatlaridir. Dastxatshunoslik ekspertizasini otkazishda ekspert dastxatda mavjud bolgan quyidagi belgilarni o‘rganib, tahlil qilib tekshiruv otkazadi. 1. Dastxatning mazmuniga oid sifatlari;
2. Topografik belgilar (xat, imzo, raqam, yozuvlaming hujjatda joylashuv xususiyatlari);
3. Dastxatni yozish usulining umumiy sifat va belgilari;
4. Xatning alohida (xususiy) belgilari.
Dastxatning birinchi guruhdagi sifat belgilarini “ n u tq -b elgilari” deb ham ataydilar. Bu belgilar yozgan shaxsning urnumiy saviyasini aks ettiradi. Bularga nutq xususiyati, so‘z boyligi darajasi, so ‘zlar o ‘z o ‘rnida ishlatilishi, jumla tuzilishi, so'zlashuvda saqlangan sheva va xorij iboralarining xatda aks etishi, grammatik xatolarning odat boMib qolishi kabilar kiradi. Mazkur sifat belgilari m a’lum bir hajmda yozilgan qolyozma matnda ifodalanadi. Imzo va qisqa bolgan jumla yoki raqam yozuvlarida nutq belgilari toza aks etmaydi. Xatshunoslik ekspertizasida nutq belgilari yordam chi, qo‘shimcha belgilar vazifasini o ‘taydi muallifshunoslik ekspertizasida esa u asosiy o ‘rin egallaydi. Dastxatning urnum iy b elgilari uch gu ru hga bolinadi:
1. Dastxatning shakllanish darajasini bildiruvchi belgilar: dastxatning ishlanish darajasi, harakat aniqligi, boglanish, yozish tezligi, bosimi;
2. Harakatlar tuzilishini bildiruvchi belgilar: dastxat tuzilishi, ustunlik qiluvchi harakat shakli, harflar olchami, oraligi qiyaligi, harflarning bo‘yi va eni b o ‘yicha olchami;
3. Topografik belgilar, ya’ni qolyozma bitilganda harakatlar joylanishini bildiruvchi belgilar: yozuv chizigining shakli va yo ‘nalishi, tipografik blanka chizigiga nisbatan joylanishi, hoshiya olchami, hoshiya chizigining shakli, so ‘zlar va qatorlar orasidagi masofa va boshqalar. Har bir umumiy belgining o‘z sifatlari aniqlanadi. Masalan, dastxatning ishlanish darajasiga ko‘ra xatning yuqori, o ‘rta va past darajada bajarilish sifatlari belgilanadi. Yuqori darajada ishlov berilgan xatning yozilish tezligi ham shunga mos bolib, harflarning umumiy tuzilishi asosan birmuncha soddalashtirilgan, noaniq boladi. So‘z va harflar o ‘zaro boglangan bolib, bir chiziq y o ‘nalishida, qolning avtomatik harakati natijasida qalam yoki ruchka qog‘ozdan uzilmagan holda bajariladi. Yuqorida keltirilgan belgilar urnumiy bolib, yozgan shaxsning qaysi guruhga mansubligini bildiradi, ya’ni “dastxati yuqori darajada ishlangan shaxslar, xatni yirik (mayda) yozadigan shaxslar” degan fikrni beradi va hujjatning yakka yozgan shaxsni aniqlashda izlanish doirasini birmuncha toraytiradi va identifikatsiya - aynanlikni aniqlashda birinchi bosqich bolib xizmat qiladi. Lekin urnumiy belgilar ham o‘z ahamiyatiga ega bolib, ma’lum vazifalarda tasnifiy va darajaviy masalalami yechishga imkon beradi. Masalan, tekshiriladigan hujjat yuqori darajada ishlangan dastxat bilan bajarilgan vaziyatda uni bajarishda gumon qilinuvchi shaxs dastxatining ishlanish darajasi past bolsa, u holatning o ‘ziyoq hujjat gum on qilinuvchi tomonidan bajarilmagan degan xulosaga asos boladi. Har bir umumiy belgi guruhi qator alohida xususiy belgilarni ifodalaydi va bir qancha guruhga bolinadi. B unda q o ‘shim cha ravishda xususiy belgilar, xatning ayrim harflar va ularning qism elementlari aks etadi. Mantiq ilmining qoidasi asosida umumiy tushuncha xususiy alomatlarda ifoda etiladi, xususiy belgi alomatlar yigindisi esa umumiy sifat haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Mana shu ilmiy holat xatshunoslik tekshiruviga to’la tatbiq etiladi. Xususiy belgilar bir sifatda bolmay ayrim yoki bir qator harflarda namoyon bolishiga qarab alohida va yagona (faqat bir harfda) uchraydigan belgilarga ajratiladi. Masalan, bir nechta - “z”, “d ”, “u” harflarida bir xil shaklda bolgan satr tagidagi halqa qismi alohida belgi qatoriga kiradi. A gar bunda bitta harfda halqa shakli faqat o ‘ziga xos bolsa, u xususiy belgilar qatoriga kiradi. Harflarning harakati murakkabliligi bo‘yicha tuzilishi, h a rf elementlarini bajarishda harakat y o ‘nalishi, shakli va b o ‘yi (vertikal) va eni (gorizontal) b o ‘yicha kolami, birlashtirish usuli, soni (miqdori), ketma-ketligi, bosim ning o ‘zgarishi, yozish harakatining boshlanishi, tugallanishi, ulanish, kesilish nuqtasi joylanishi va boshqalar xususiy belgilar guruhini tashkil qiladi. Krim inalistikaga oid bolgan s o ‘nggi tadqiqotlarda dastxatning yana bir qancha integrativ belgilari haqida s o ‘z yuritilgan. Bu belgilar umumiy va xususiy belgilar o ‘rtasida o ‘rin egallab, dastxatdagi asosiy harakatni bildiradi. Masalan, bir necha harflar va ulaming elementlarini bajarishda halqasimon chap aylanmali harakat kuzatiladi. Dastxatning umumiy va xususiy belgilari muayyan vaqtga nisbatan mustahkam bolib, umumiy individuallik va (turg‘unlik) xususiyati nisbiydir. Bu tushunchani quyidagicha sharhlash mumkin. Xatni, imzoni bajarayotgan shaxs o ‘z ixtiyori bilan yoki biror shart-sharoit t a ’sirida beixtiyor o ‘zgartirib yozishi mumkin. Bu holda um um iy belgilam ing 0‘zgarishi tola yoki qisman osonroq amalga oshadi, xususiy belgilarda qisman o ‘zgarish yuz beradi, umumiy aynanlik xususiyati esa o ‘zgarm ay yozuvda saqlanib qoladi. Hujjat jinoiy harakat uchun qurol sifatida ishlatilgan hollarda uni qolyozma qismlarini (harf, raqam, imzo kabilar) bajarayotgan shaxs tergov jarayonida uni tekshirilishi, kim tomonidan yozilganligini aniqlanishini avvaldan biladi yoki shunday imkoniyat bolshini sezadi. Shuning uchun qalbaki yoki noqonuniy hujjatni tuzishda, rasmiylashtirishda yoziladigan raqam-sonlar, s o ‘z bilan ifodalanadigan buyruq - ko‘rsatmalarni tasdiqlovchi imzolarni bajarish jarayonida yozayotgan shaxs xatini o‘zgartirib yozishga harakat qiladi. Hujjatni qalbakilashtirishda k o ‘p hollarda jinoyatchi o ‘zining imzosini o ‘zgartirib yoki imzoni boshqa mansabdor shaxs nomidan uning imzosiga o ‘xshatishga taqlid qilib bajaradi. Lekin qasddan o ‘zgartirib yozilgan xatning asosiy qismida belgilar tolaligicha o ‘zgarmas holda saqlanib qoladi. K o ‘p yillar davom ida shakllangan va individuallik xususiyatiga ega bolgan dastxat to ‘la o ‘zgarishi m um kin emas. Bu masala kriminalistik ekspertizaning ko‘p yillik izlanishdagi nazariyasi va am aliy faoliyati davom ida o ‘z isbotini topgan. Dastxat ataylab o‘zgartirib yozilgan qoyozmada, asosan umumiy belgi sifatlam ing odatdagi yozilishidan birm uncha o ‘zgarish alomatlarini kuzatish mumkin. Bular quyidagilardir: yozish jarayonida tezlik susayadi, natijada harf va ularning birikmalari alohida-alohida yozilib, qolning titrashi yozuvda aks etadi. Xatni mikroskop (lupa) ostida birmuncha kattalashtirib kuzatilganda yozishdagi harakatning ayrim joylarida to‘xtash nuqtalarini ham ko‘rish mumkin. Oval shaklida yoziladigan harf qismlarida oval-aylanma joylarida burchaklar hosil bolishi, yozishdagi yo ‘nalishning o ‘zgarishida harflarning hajmi va chiziqda joylashuvining tuzilishi, umumiy yozishdagi avtomatik harakatning susayishi kabi alomatlarni kuzatish mumkin boladi. Hujjatlardagi malumotlami tasdiqlovchi imzolar ham xatshunoslik tekshiruvi obyekti hisoblanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan umumiy va xususiy belgilar tizimi imzolarni tekshirishda ham tolaligicha qollaniladi. Shu bilan birga, imzolarni o ‘ziga xos bolgan b a ’zi xususiyatlariga nisbatan alomatlari ham mavjuddir. Bular imzoning umumiy tuzilishi va transkripsiyasi; harfli, harfsiz, aralash harf yoki harfsiz chiziqlar birikmasidan tashkil topgan imzolardagi belgilardir. Harfli imzo deganda faqat harflardan tuzilgan imzoni tushunishadi Harflar va o‘qilmaydigan aylanma chiziqlardan hosil bolgan imzolar aralash imzolar deyiladi. Harfsiz, y a’ni faqat o ‘qib bolmaydigan, harf shakliga o‘xshagan chiziqlardan tashkil topgan imzo esa chiziqli imzo deyiladi. B a ’zi shaxslar im zosining boshlanish qism ida o ‘zining ismidagi bosh h a rf bilan otasining ismini bosh harfiga qoshib “m onogram m a” shaklida yozadi. S o ‘ng boshqa harf yoki chiziqlar bilan tugatadi, chiziq osti va ustiga q o ‘shim cha bezaklar kiritadi. Imzoni tugatadigan turli shakldagi chiziqlar jim-jima deb ataladi.
| M a ’Iu m o t u ch u n ! Im zo qanday shaklda yozilganidan qat’iy nazar, xatshunoslik tekshiruv obyekti b o iib , dastxat belgilar ta ’rifi bularga to ‘la tatbiq qilinadi. L ekin imzoning o ‘ziga xos xatshunoslik ekspertizasi xususiyatlari ham mavjud. Imzoda m uayyan shaxsning guvohlik belgisi bolgani sababli uni tekshirish uslubiyoti im zo asl qalbakiligini aniqlashni talab qiladi. Faqatgina imzo qalbakilashtirilganligi qat’iy tasdiqlansa, uni gumon qilinuvchi shaxslardan qaysi biri bajarganligini tekshirish mumkin.
Xususan, “A ” nom idan q o ‘yilgan im zo “ A ” ning o ‘zi bajarganligini aniqlamasdan, shu imzoni “ B ” yoki “ V” tomonidan bajarilganmikan degan masalani hal qilib bo‘lmaydi. Ammo havoyi (haqiqatda bolmagan) va tergov tomonidan aniqlanmagan shaxslar nomidan qo‘yilgan imzolarni tekshirish bu qoidadan istisnodir.
Raqam va boshqa belgilar bilan ifodalangan yozuvlar ham mazkur ekspertiza obyekti sifatida tekshirilib, belgilarini tavsiflash, matnining hajmiga bogliq boladi. Bu yozuvlarda ham insonning yozish m alakasining o ‘ziga xos individuallik xususiyati aks etadi. Insonning xizmati, hunari, mutaxassisligi tufayli uning xizmat faoliyatida bitta emas bir necha ko ‘rinishga ega bolgan yozuvlari (imzolari) bolishi mumkin. Har bir korinishdagi umumsifat belgilari shaxsning individuallik yozish xususiyatini saqlab qoladi va aks ettiradi. Bular dastxat (imzo)ning turli variantlari deb ataladi. Qolyozma xatlarini aynan kim tomonidan qanday sharoitda yoki holatda yozilganligini aniqlash uchun bir guruhdagi umumiy yoki xususiy belgilarning o ‘zi kifoya bolmaydi, balki qat’iy aniq va bexato xulosa berish uchun belgilaming barcha guruhlari yigindisi tavsiflanadi. Namuna bolgan hujjatlarning yozuv xat belgilar yigindisiga solishtirib tekshirilgandan so ‘nggina aniq xulosaga kelish m um kin boladi.



Download 336.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling