Mavzu: Makroiqtisodiy prognozlash modellari


Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari


Download 0.52 Mb.
bet7/7
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1705868
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu Makroiqtisodiy prognozlash modellari

6. Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari

  • TAB asosiy modelining shaklini o'zgartirish yordamida yana bir necha iqtisodiy ko'rsatkichlarni, jumladan, bevosita va to'la mehnat xarajatlari koeffitsientlarini ham aniqlash mumkin. Bu holatda tabiiy (natural) o'lchovdagi mahsulotlararo balansga asoslanamiz. Balans satrlarida har bir mahsulotning boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga va so'nggi iste'molga taqsimlanishi hamda hamma turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga jonli mehnat sarflanish taqsimoti ko'rinadi (mehnat sarflari bir xil murakkablikda deb olinadi).
  • Hozirgi kunda murakkab bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat olib boruvchi sub'ektlarning samarali xatti-harakatlari ularning bozor konyu'nkturasini yaxshi tahlil qila olishlari va kerakli qaror qabul qilishlariga bog'liqdir. Buning uchun ular o'zlarining turli sharoitlarini har tomonlama iqtisodiy tahlil qila olishlari kerak. Bularga mavjud mablag'lardan qanday mahsulotlardan qancha ishlab chiqarish, qaerda va kimga qanday baholarda sotish kerakligini aniqlaydi. Buning uchun ularga modellar va modellashtirish, ularning turlari, asosiy bosqichlari, ma'lumotlar bilan tuzilgan modellarni to'ldirish yo'llari o'rgatilish bilan modellashtirish natijalarida qo'lga kiritilgan ikkilamchi ma'lumotlardan bozor iqtisodiyoti sharoitida turli qarorlar qabul qilishda amalda foydalanish yo'llarini ko'rsatib beradi. Aniq iqtisodiy ob'ektlar misolida modellashtirishni, ob'ektga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va ularning ta'sir kuchini baholash, samalaning modelini tuzish va kompyuterda turli xildagi variantlar ustida iqtisodiy-matematik izlanishlar olib borish va olingan natijalarni ham iqtisodiy, ham matematik tomondan to'g'ri talqin qila bilishni o'rgatishdir

7. Balans modelini prognozlashda qo'llanish

  • Tarmoqlar orasidagi texnologik bog'lanishlar bevosita (to'g'ri) moddiy xarajatlar koeffitsientlari (aij) bilan o'lchanadi.
  • Bu koeffitsient j-tarmoqning 1 dona birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositasi sifatida i-tarmoqning qancha birlik mahsuloti sarflanishini ko'rsatadi.
  •  
  • Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsientlari kvadrat matritsa hosil qiladi:
  • Bu ifoda qiymat va natural balanslardagi asosiy matematik bog'lanish hisoblanadi. Bu tenglamalar tizimida koeffitsientlar aniqlangan yoki ma'lum deb hisoblasak, va noma'lumlar qatnashuvchi ) ya'ni 2n ta noma'lumli n ta tenglamadan iborat tizim hosil bo'ladi. Agar noma'lumlarning n tasini qandaydir usullar bilan aniqlangan yoki tanlab olingan deb faraz qilsak, qolgan n ta noma'lumni bir qiymatli holda aniqlash mumkin bo'ladi.
  •  
  • Bunday hisoblashlar bashoratlashni 3 xil variantda bajarish mumkin:
  • 1) modeldagi barcha tarmoqlarning yalpi mahsulotlari hajmi berilgan bo'lib (), pirovard mahsulotlarni () hisoblab topiladi.
  • 2) barcha tarmoqlar bo'yicha so'nggi mahsulotlar () darajasi berilgan bo'lib, yalpi mahsulotlar hajmini aniqlash talab qilinadi.
  • 3) ayrim tarmoqlar bo'yicha yalpi mahsulotlar boshqalari uchun so'nggi mahsulotlar darajalari berilgan bo'lib, qolgan noma'lumlarni tizimni echish bilan aniqlash mumkin
  •  

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling