Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Maktabgacha yoshdagi bolalardv psixologik o‘yinlarni qo‘llash texnologiyalari


Download 0.53 Mb.
bet21/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalardv psixologik o‘yinlarni qo‘llash texnologiyalari.
Diagnostik vositalar va ulardan foydalanish Ilk yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar.
3 yoshli bolalar uchun.
“Rangli gilamchalar” (rang)
“Doirachalar” (o‘lcham)
“Figuralar” (shakl)
“Namuna bo‘yicha tuzish” (ko‘rgazmali-harakatli tafakkur)
Tekshirish psixolog tomonidan o‘tkazilib, bitta bola uchun 5-7 minut ajratiladi.
Rangli gilamchalar”-ko‘ruv idrokining xususiyatlarini aniqlash, asosiy ranglarni ajratish
Materiallar: 6 ta rangli kartochka (qizil, ko‘k, sariq, yashil, havorang, jigarrang. Bolaga navbat bilan rangli (qizil, ko‘k, sariq, yashil) kartochkalarni tanlash taklif etiladi. So‘ngra tarbiyachi kartochkalarni bolaga ko‘rsatib ularning rangini aytib berishni so‘raydi. 3 yoshli bola uchun 3 ta yoki 4 ta rangni aytib berishi meʼyor hisoblanadi. 4 yoshli bola 4-6 ta rangni ajrata bilishi kerak bo‘ladi.
Doirachalar” - predmetlarni o‘lchamini idrok qilish xususiyatlarini aniqlash. Bolaga bir xil rangdagi 3 ta doira ko‘rsatilib, eng kattasi va eng kichigini aytib berishi so‘raladi. Uch yoshli bola mustaqil ravishda vazifani bajarishi meʼyor hisoblanadi.
Figuralar” predmetlarning shaklini idrok qilish xususiyatlarini aniqlash.
Materiallar: bir xil rangdagi geometrik shakllarning (doira, kvadrat, oval, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak) 2 ta komplekti.
Bolaning oldiga beshta shakldan ixtiyoriy ikkitasi qo‘yiladi. So‘ngra ikkinchi komplektdan bitta shakl ko‘rsatilib, uning qo‘lidagi shaklning qaysi biri o‘xshashligini aytib berishi so‘raladi. Masalan, bolaning oldiga birinchi komplektdan doira va kvadrat qo‘yiladi, so‘ngra ikkinchi komplektdan kvadrat va hok.
Uch yoshli bola oval va doirani, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakni adashtirishi mumkin hisoblanadi.
Namuna bo‘yicha tuzish” fazoviy va ko‘rgazmali-harakatli tafakkurning xususiyatlarini aniqlash.
Materiallar: 2 ta nusxada turli shakldagi qurilish detallari
Tekshiruvchi bolaga qurilish detallaridan biror bir narsani yasab beradi, so‘ngra xuddi shunday yasab berishi so‘raladi. Uch yoshli bola mustaqil ravishda vazifani bajarsa qoniqarli hisoblanadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq meʼyorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
- predmetlarni o‘rganishi;
- individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar;
- individual va guruhiy ijod;
- musobaqa o‘yinlari;
- muloqot o‘yinlari;
- uy mehnati.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi maktabgacha taʼlim tashkilotidagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar.
Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Maktabgacha yoshdagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling