Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


a) bolalarga tavsiya etilayotgan musiqa materialining badiiyligini va uning sifati ijrosini ta’minlash; b)


Download 0.53 Mb.
bet10/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

a) bolalarga tavsiya etilayotgan musiqa materialining badiiyligini va uning sifati ijrosini ta’minlash;
b) muayyan bolalar kollektivining o‘ziga xosligini, uning umumiy va musiqaviy taraqqiyot darajasi, uyushqoqligini hisobga olish;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani obrazli va aniq idrok eta olishini e’tiborga olish;
g) asar mazmunini va musiqaviy ifoda vositalarini bolalar hissiyotini va ongiga yetkazadi bilish;
d) bolalarni aktivlashtirish, ularning e’tiborini musiqa sadosiga torta bilish;
e) ta’lim berish jarayonida bolalarda musiqaviy obrazni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
Yuqorida keltirilgan metodlarning har birini alohida ko‘rib chiqaylik:
Ko‘rgazmali metod. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof-muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va badiiy obrazlarda ko‘rsatishga, ularni hayot va turmush jihozlar bilan tanishtirishga asoslanadi.
1) eshitishga asoslangan ko‘rgazmalilik. Bunda bolani o‘rgatish bevosita musiqa eshitish orqali bo‘ladi. Musiqa eshitish maxsus mashg‘ulot paytida yoki bola tomonidan qo‘shiq va musiqaviy-ritmik harakatlarning ijro etilishi paytida bo‘lishi mumkin.
2) ko‘rishga asoslangan ko‘rgazmalilik. U musiqa sadolari bilan qo‘shib olib boriladi. Bu usulga quyidagilar kiritiladi: qo‘shiq aytish usullari, yo‘llaridan, turli o‘yin, raqs, mashq harakatlaridan namunalar ko‘rsatish; muayyan musiqa asari bilan bog‘liq o‘yinchoqlarni, rasm, kostyum va boshqa predmetlarni ko‘rsatish va h. k.
Og‘zaki metod. Bu metod bola ongiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning faoliyatini ma’noli va mazmundor qilishga qaratiladi. Bunda pedagog so‘zi musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi: uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligini oshiradi.
So‘zlab berish metodini quyidagi usullari bor:
1) Tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo‘shiq aytish, o‘yin va raqslarni qo‘yish, mashq qilish paytida foydalaniladi. Tunuktirish aniq va qisqa, ortiqcha qaytariqlarsiz bo‘lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar tomonidan o‘zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o‘yinlarni ijro etishda qo‘llanishi mumkin. Obrazli hikoya bolalarning qiziqishini, ularning emotsional kechinmalarini kuchaytiradi, obrazlarni anglab olish qobiliyatini orttiradi, tasavvurni rivojlantiradi. Obrazli hikoya musiqa asarining syujet yo‘li rivojiga aynan mos bo‘lishi kerak. Quyida kompozitor Ye. Ttildchyovaning «Quyoncha» va «Ayiq» asaridan «Quyon» va «Ayiq» musiqasini syujetli ijro etish bo‘yicha obrazli hikoya qilishga misol keltiramiz: «O‘rmonda qish tongi. Yalanglikda quyonlar chopishadi, aylanishadi, sakrab-sakrab o‘zlarini isitishadi, Ular o‘yinga shu darajada berilib ketishdiki, hatto o‘z uyasida uxlab yotgan ayiqni uyg‘otib yuborishdi. Ayiq o‘rnidan turib, uyqusiga kim halaqit berayotganini ko‘rgani ketdi. Quyonlar ayiqni ko‘rib tumtaraqay qochishdi, butalar orasiga berkinishdi. Ayiq ketgandan so‘ng yana yalanglikka chiqib sakray boshlashdi»;

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling