Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet13/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

1-bosqich - musiqa asari bilan dastlabki tanishish bosqichi. Asar bilan dastlabki uchrashuv paytida (1-bosqichda) qo‘shiqchining ovozi va musiqa asbobining sadosi hamda mashq yoki raqs paytidagi harakatlar bola idrokining ob’ekti bo‘ladi. Bu bosqichda bolani musiqa asari bilan tanishtirish, uni musiqa tinglashga, musiqada ifodalanayotgan his-tuyg‘ularga hamdard bo‘lishga erishishi asosiy maqsad qilib olinadi. Musiqani tinglay olishga o‘rgatishning birinchi bosqichida bolalarda musiqa asariga qiziqish uyg‘otish irradatsiyasi sodir bo‘ladi. Bu paytda bolalarning umumlashtirish va farqlay olish qobiliyati ham ancha kuchsiz bo‘ladi. Yangi musiqa materialini o‘zlashtirishda eshitish, ko‘rish va harakat qilish analizatorlari qatnashadi. Bu bosqichda bolaning bosh miya qobig‘i unga ta’sir qilayotgan hodisalarni vaqtincha o‘zaro bog‘lay olishi mumkin, shuning uchun ham materialni parchalarga bo‘lmasdan yaxlit holda bergan ma’qul. Ularni parchalarga ajratib o‘rgatish vazifasi ikkinchi bosqichga qoldiriladi. Pedagog harakatlarni bevosita musiqa sadosi yoki kuy jo‘rligida ko‘rsatadi. Yangi qo‘shiqni o‘rgatish jarayonida pedagog ba’zi kuni turli musiqa asboblarida chaldirib, shu asboblarda ijro etilgan kuyni o‘zaro taqqoslaydi, shu yo‘l bilan uning xotirada yaxshi o‘zlashib qolishini ta’minlaydi. Birinchi bosqich uncha katta bo‘lmasligi - bir yoki ikki mashg‘ulotdan ortmasligi kerak. Bunda musiqa tinglash, qo‘shiqlarni ijro etish yoki musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishdan, obrazli va poetik nutqdan namunalar ko‘rsatish, bolalar bilan savol-javob orqali suhbatlashish, pedagog tomonidan taqdim etilgan materialni bolalarga bajartirib ko‘rish kabi usullardan foydalaniladi.
2-bosqich - qo‘shiq yoki musiqa-ritmik xarakatlarni ijro eta oladigan bo‘lishni shakllantirish, idrok qilish bosqichi. Ikkinchi bosqichning vazifalariga quyidagilar kiradi: musiqani chuqur idrok etish uchun zarur bo‘lgan quvnoq mehnat sharoitini yaratish, o‘z-o‘zini nazorat qila olish, qo‘shiq aytganda ovoz me’yorini va eshitishni uyg‘unlashtira bilish yoki, raqs va mashqlarda eshitish bilan harakatni o‘zaro uyg‘unlashtira olish qobiliyatini tarbiyalash, buning uchun uzluksiz mashg‘ulotlar o‘tkazib turish; topshiriqlarni to‘g‘ri va aniq bajara oladigan bo‘lishlariga erishish. Bu bosqichda bolalar ijrosida uchraydigan barcha kamchiliklar aniqlanadi va tuzatib boriladi. O‘rgatishning ikkinchi bosqichida pedagog materialni qayta-qayta mustahkamlaydi, natijada bolalarning bosh miya qobig‘ida qo‘zg‘alish (uyg‘onish) kontsentratsiyasi ancha kuchayadi, ular asta-sekin topshiriqni to‘g‘ri bajara oladigan bo‘lib borishadi. Umuman, bunday bilimning shakllanishi bosqichi uzoq vaqt davom etadi. Masalan, bolalar ba’zi qo‘shiqlarni 9-12 mashg‘ulotdan so‘nggina mustaqil ravishda ta’sirli qilib aytadigan bo‘lishadi. Ikkinchi bosqichda qo‘llanadigan metodik usullarga quyidagilar kiritiladi: musiqani qayta tinglash, qo‘shiq ijrosida yoki musiqiy-ritmik harakatlardan namunalarni qayta ko‘rsatish, qo‘shiq aytishning yoki o‘yin-raqs harakatlarining ba’zi usullari va notalarini ko‘rsatish, bolalar bilan suhbatlashish, ularga salom berish, obrazli va poetik nutq, turli ko‘rsatmalar, izohlar, tanbehlar, topshiriqni bajarish usullarini qayta mashq qildirish va h. k. Xullas, bu bosqichda o‘rgatishning barcha usullaridan foydalanish mumkin bo‘ladi

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling