Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet11/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

2) Izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo‘shiq aytishning turli yo‘llarini ko‘rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq bo‘lishi ko‘pincha tushunmaslikka va yomon ijro etishga sabab bo‘ladi. Izohlash ko‘rsatish bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Pedagog bolalarni izohni oxirigacha tinglashga o‘rgatadi. Masalan, bolalar biror narsani o‘rganish jarayonida pedagog ko‘rsatayotgan harakatlarni u bilan izma-iz takrorlay boshlasa, pedagog ularga «harakat qilmay, e’tibor bilan tinglang va bu harakatlarning qanday bajarilishini oldin ko‘rib oling» deydi, qo‘shiq aytish o‘rgatilayotgan bo‘lsa (masalan, «Kotya, Kotyonka, Kotok») va bunda cho‘ziq notalarni qanday aytish kerakligi tushuntirilishi lozim bo‘lsa unda pedagog bolalarga «qani, keling, o‘zimizni bir tinglab ko‘raylik, oxirgi notani hamma cho‘zib kuylaganmikin, notiq ham eshitsin uchun bu notani uzoq cho‘zishdimikin» deb izoh beradi;
3) Ko‘rsatma berish. Ko‘rsatmalar odatda bolalar turli o‘yin, raqs va mashqlarni bajarayotgan paytda beriladi. Masalan, «O‘ng yelka tomondan aylanish kerak», «Oyoq barmoqlarini pastga cho‘zing» kabi. Bunday ko‘rsatmalar u yoki bu harakatni qanday bajarish kerakligini anglab olishga, harakatlarni bajarish usullari bilan bog‘liq tushunchalarni aniqlashga yordam beradi;
4) Poetik nutq. Programmali musiqa asarini ijro etishdan oldin kichikroq prozaik yoki poetik asarni yoxud ulardan biror parchani o‘qitish (o‘qib berish) bolalarning musiqa asari obrazini chuqurroq his etish va tupgunib olishga yordam beradi. Masalan, P. I. Chaykovskiyning «To‘rg‘ay» («Javoronok») asarini ijro etishdan oldin bolalarga V. A. Jukovskiyning quyidagi to‘rtligini o‘qib berish mumkin:
Quyoshda qora o‘rmon qizg‘ish tus oldi,
Vodiydagi siyrak bug‘ bir oz oqargay.
Shunda tong qo‘shigini kuylashga tushdi,
Moviy osmonda uchgan ovozdor to‘rg‘ay.
Ba’zan yangi qo‘shiq tinglashdan oldin pedagog qo‘shiq tekstini bolalarga o‘qib berishi ham mumkin;
5) Suhbat. U odatda musiqa tinglab bo‘lganidan so‘ng o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalar musiqadan olgan taasurotlari haqida gapirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat bildirishadi, unda ifodalangan obrazlar va hodisalarga munosabat bildirishadi, baho berishadi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar qisqa lo‘nda va ta’sirchan bo‘lishi kerak;
6) Bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar doimo savollar yordamida bo‘ladi. Pedagog asar mazmuni bilan bog‘liq holda bolalarga savollar berar ekan, bu savollarni ortiqcha detallashtirmasligi kerak. Savollar yordamida badiiy obrazning mazmuni, xarakteri oydinlashtiriladi, musiqa asarlarining ta’sir kuchini ta’minlovchi forma va vositalar aniqlanadi. Masalan, raqs kuyi ijro etilganidan so‘ng pedagog bolalardan «Men ijro qilgan kuy raqs kuyimi yoki marshmi?», Bu musiqaning xarakteri qanaqa?», «. Bu kuyga qanday harakat mos keladi?» deb so‘rashi mumkin;
7) Tanbeh berish. Bu usuldan bolaning ma’lum sabablarga ko‘ra diqqati bo‘linganda va hayoli asosiy vazifalari chetga chiqqanda foydalaniladi. Tanbeh berish jiddiy bo‘lishi, ammo odob doirasidan chetga chiqmasligi kerak.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling