Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet12/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

Amaliy faoliyat metodi. Bolalarning konkret faoliyati ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda sistemali mashg‘ulotlar tarzida olib boriladigan ta’lim-tarbiya sifatida qaraladi.
Qo‘shiq aytish va musiqali-ritmik harakatlarni bajarishda bolalarga shunday rahbarlik qilish kerakki, ular topshiriqni mumkin qadar ta’sirli va ifodali qilib bajarishga intilishsin. Bolalarni o‘rgatish jarayonida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Bunday murakkablashtirish bolalarning ko‘nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo‘lmasligi kerak. Ba’zi qiyin holatlarga duch kelganda esa bolalar bilan alohida individual ishlash tavsiya qilinadi.
Musiqaviy tarbiyaning barcha metodlaridan pedagog bir butun sistema sifatida foydalanadi. So‘z bolani asarning mazmunini his etishga va tushinishga undaydi, musiqa esa bolada paydo bo‘lgan tassurotni emotsional jihatdan chuqurlashtiradi. Musiqa hissiyotga ta’sir qiladi, ayni paytda fikr ham tug‘diradi. Fikr esa konkret. ochiq holda bo‘lmaydi.
Bolalar musiqa asarini, ayniqsa, programmasiz (ma’lum syujet mazmuniga ega bo‘lmagan) asarni tushuna olishi uchun pedagog musiqani idrok qilish, his etish protsessida bevosita boshchilik qilish, buning uchun musiqa asarining mazmunini tushuntirib borishi, badiiy obrazlarni tushuntirishda esa nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. So‘z va musiqa bola faoliyatini yo‘naltirib boradi. Masalan, pedagog qo‘shiq aytishning ba’zi usullarini bolalarga ko‘rsatish va tushuntirish bilan birga ba’zi frazalar, naqorot yoki ovozlarni eshittirib ham beradi. Ma’lum musiqa-ritmik topshiriqni o‘zlashtirish va bajarish uchun bolalar shu musiqa va topshiriqni eshitibgana qolmay, balki uning qanday ijro etilishinini ko‘rishi ham kerak. Musiqa asarlarining badiiy obrazi shu daraja ta’sirchan bo‘ladiki, pedagog tushuntirish jarayonida bu obraz ta’sirini so‘ndirmasligi, musiqa asarining mazmunini uzib qo‘ymasligi, balki aksincha yuksak pedagogik takt va mahorat bilan uni yanada chuqurlashtirish rivojlantirishi kerak. Buni musiqaviy tarbiya metodlaridan aralash foydalanganda doimo yodda tutish zarur bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, musiqa asbobi bilan chalinadigan kuyni tinglashdan oldin pedagog tomonidan so‘zlanadigan Tushuntirish nutqi poetik, obrazli yoki sharxlovchi xaraktyerda bo‘lishi mumkin. Qo‘shiq aytishga o‘rgatish jarayonida so‘zlanadigan nutq mazmuni musiqa va adabiy tekstlarning uzviy bog‘liqligi bilan belgilangadi. Qo‘shiq adabiy tekst orqali o‘z mazmuni haqida o‘zi ma’lumot beradi, shunisi bilan musiqa asbobida chalinadigan kuydan farq qiladi. Shuning uchun pedagog qo‘shiq haqidagi ko‘rsatma va suhbatlari shu qo‘shiqning badiiy obraziga mos bo‘lishi kerak. Qo‘shiqning adabiy teksti, ayniqsa u murakkab poetik aylanmalardan tarkib topgan bo‘lsa, alohida tushuntirishni talab qiladi. Ma’lum musiqa asari bo‘yicha bolalar bilan ishlashning maqsadga metodik usullarini topish uchun pedpgog bu asarni yaxshi bilishi, badiiy ta’sir vositalari bilan tanishib chiqishi, asar mazmuni va xarakterini chuqur o‘rgangan bo‘lishi shart. Shundagina musiqa ijrosida bolalarning anglab olishini ta’minlovchi oddiylik va ta’sirchanlikka erishish mumkin bo‘ladi.
Endi maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqaga o‘rgatishning qanday bosqichlari borligini ko‘zdan kechiraylik:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling