Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet15/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

5) O‘rta guruhda bolalarining fikr doirasi ancha keng, so‘z boyligi bir muncha ko‘p bo‘lib, ular musiqa bilimidan ham ma’lum tajribaga ega bo‘ladilar. Shuning uchun musiqa asari tinglab bo‘lingandan so‘ng, ular bilan kengaytirilgan suhbat o‘tkaziladi. Masalan,
A. Fillipenkoning «Qish keldi» qo‘shig‘i tinglangandan so‘ng quyidagi suhbat o‘tkaziladi: Qo‘shiqda nima haqida gapirilgan?, qo‘shiqda muqaddima bormi?, qo‘shiqning xarakteri qanaqa?, qo‘shiq sur’ati tezmi yoki sekinmi?, va h. k.
Suhbat odatda savollar yordamida o‘tkaziladi. Ba’zan savollar bolalarga qo‘shiq tinglashdan oldin, hatto topishmoq tarzida berilishi ham mumkin. Masalan, musiqa rahbari bolalarga: «Men qo‘shiqning muqaddima qismini chalaman, siz esa bu qo‘shiqning qanday nomlanishini eslang» deb topshiriq beradi.
Eshitishga asoslangan ko‘rgazmalilik (badiiy-musiqa asarini idrok etish) kichik yoshdagi bolalar guruhida qanday o‘rin tutsa, o‘rta guruhda ham shunday o‘rin tutadi. faqat asarning o‘zi, uning shakli, xarakteri, ifoda vositalari birmuncha murakkablashgan bo‘ladi, xolos. Ko‘rishga asoslangan ko‘rgazmalilik haqida ham shuni aytish mumkin. Ammo o‘rta guruhda qo‘shiq aytishdan yoki asar ijrosidan oldin o‘yinchoqlarni ko‘rsatish birmuncha kamaytirilib, bolalarning amaliy faoliyatiga ko‘proq e’tibor beriladi, ulardan suhbat paytidagi savollarga aniqroq javob berilishi, o‘yin va raqs harakatlarning aniqroq bajarilishi talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlari. Bu guruhlarda biz ko‘proq bola ongiga tayanib. so‘zlab berish metodi va uning barcha usullarini qo‘llaymiz, qisqa va aniq tushuntirishlar beramiz. Masalan, musiqa rahbari bolalarga «Kim tezroq?» (A. Shvarts musiqasi) o‘yinini o‘ynaymiz - deydi. Musiqa tinglab bo‘lingach, bolalar musiqa asarini tahlil qilishadi, musiqa necha qismdan iboratligi, xarakteri haqida tushunchalarini aytishadi, shundan so‘ng pedagog qoidalarni tushuntiradi. Bunda tez-tez izohlardan foydalanib, namunalar ko‘rsatadi. Bolalar bunday tushuntirish va izohlarni oxirigacha tinglashlari kerak. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan «Kim tezroq» o‘yinida (A. Shvarts musiqasi) pedagog «Boshlovchi doirachaga ikki marta urishi kerak» deb tushuntiradi va o‘zi qanday urushni ko‘rsatib beradi.
Ko‘rsatmalar bolalar biror o‘yin yoki mashq bajarayotganda hamda ma’lum bir vazifani bajarishga tayyorgarlik ko‘rayotganda beriladi. Chunonchi, qo‘shiq aytishdan oldin pedagog «Bolalar to‘g‘ri o‘tiring, hozir qo‘shiq aytamiz» deb ko‘rsatma berishi mumkin. Poetik nutq musiqa asari obrazni idrok etish va oydinlashtirishga yordam beradi, shuning uchun undan ham tez-tez foydalanib turiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling