Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet2/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi.

Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.

1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik o`ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi.

Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji uchun muhim moddiy turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib olingan yerlardagi arzon-garov xom ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib chiqdi


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling