Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet8/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Xulosa

XV asr oxiri - XVIII asrlar davomida yangi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm va u bilan bog`liq siyosat paydo bo`ldi. Bu ta'limot bo`yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta'limotda ikki davrni ajratish mumkin:

Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya'ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo`ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho javohirlardan iborat bo`ladi, degan g`oyani ilgari surdi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko`proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targ`ib qilingan.

Rivojlangan merkantilizm ta'limotida boylik savdo-sotiq sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko`proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g`oyasi ilgari surilgan.

Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko`rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum.

Bu ta'limot yangi tug`ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo`ldi. Kapitalning dastlabki jamg`arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo`llabquvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi.

Merkantilizm tarixan cheklangan bo`lsa ham (u XVIII asrda to`g`ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o`rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to`la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo`shdi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling