Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet6/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Merkantilizm va hozirgi zamon

Yevropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g`oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so`ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g`oyalarini to`la ratsional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.

A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari surdiki, unga ko`ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro`y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro`y beradi: "boylik" oltin va kumushning oddiy ko`pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo`ladi. Haqiqatan ham, ko`pchilik merkantilistlar shunday nuqtayi nazarni himoya qilganlarki, unga ko`ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go`yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning "qo`shningni talontoroj qil" degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari, bu g`oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko`rsatiladi.

Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan davlatlarda ro`y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to`la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o`ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo`lko`lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling