Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet7/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Merkantilizmni qaytadan qo`llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo`liga keyinroq o`tgan davlatlarda ro`y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to`la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o`ylamaganlar. Shu sababli bu yerda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo`lko`lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.

Umuman, J.M.Keyns mavjud sharoitlarda klassik maktab aqidalari ish bermasligini ta'kidlaydi, hozirgi til bilan aytganda bozor munosabatlari avtomatik ravishda barcha ziddiyatlarni hal eta olmaydi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga faol ishtirok etishi taklif etiladi (bular haqida to`la ma'lumot maxsus boblarda beriladi).

Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani berdi:

  • Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar;
  • Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. Keynsning fikricha, "mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy faollikni qo`llabquvvatlaydi;
  • Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi" to`g`risidagi tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo`li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq edi, masalan, agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo`jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to`g`ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek;
  • Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo`lgan.
  • Bunga yana bir masalani, beshinchi moddani ham qo`shmoq kerak, chunki davlat bu holatda iqtisodiyotda muhim rol o`ynaydi. Buni Keyns o`z-o`zidan ravshan narsa, deb tushungan bo`lsa ehtimol.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling