Mavzu: Mamlakatlarning merkantilistik g'oyalarining o’ziga xosligi


Download 0.7 Mb.
bet5/8
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1029941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
norqizilov bobomurod

Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda T.Manni o`zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki baholar ko`tarilishiga olib kelishini va "qimmatroq sotish, arzonroq olish" doktrinasi mamlakatning o`ziga qarshi ekanligini tushundi.

Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda T.Manni o`zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki baholar ko`tarilishiga olib kelishini va "qimmatroq sotish, arzonroq olish" doktrinasi mamlakatning o`ziga qarshi ekanligini tushundi.

Taniqli ingliz iqtisodchi R.Kantilyon (1680-1734) va D.Yum (1711-1776)lar ham merkantilistlar g`oyasining noto`g`ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o`rtasidagi "pul metallarining tabiiy taqsimlanishi"ga va ichki baholar darajasining shunday o`rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo`ladi. Alohida mamlakatda har bir qo`shimcha oltin qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport va import o`rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos bo`lgan yangi tenglik paydo bo`lguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo`lishga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish o`z-o`zini inkor etadi.

1690 yil Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga ma'lum proporsiyada o`zgarishini aniq ko`rsatib berdi. Lekin import kapital ko`proq qo`llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo`llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo`lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo`llaydi va chet el manbalaridan foydani ko`paytiradi. Merkantilistlar o`zlarining yuqoridagi yaxshi ma'lum g`oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo`shadilar.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling