Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi
Download 183.49 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari
4. Axborotni to‘plash uslublari Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. CHunki, bozorda ruy berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. SHu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi . Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida etarli ma’lumotlar berilgan. Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. YOppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli hududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k. 3-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi va etarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. Birinchidan, tanlama kuzatishda echiladigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror qabul qilish jarayoni uchun o‘ta muhimdir. Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning ko‘p qirraligini va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liqroq tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, tanlama kuzatishada ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot ob’ektni (yoki muloqotdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan Download 183.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling