Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi
Marketing tadqiqoti quyi tizimi
Download 183.49 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu Marketing
4. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan ko‘rsatkichlarni
amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi. Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar. 4. Bozor tahlili. 5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.) 3.Axborot turlari va ularni turkumlash Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar ko‘lami juda keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko‘rish samarali hisoblanadi. Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‘lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar ko‘lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar. Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar zahiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi. Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga bo‘linadi. a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha statistik sharh», «SHaharlar va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir. «Marketing axboroti yo‘riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‘lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi. Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, qo‘shni shtatlar bilan kiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‘yicha (elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun axborotlarni to‘pladi va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi», «CHakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir. 2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari. Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar: GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons market riserch byuro», «A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‘z muammo yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to‘lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi. Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi oilalarning haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market riserch byuro» firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi. 3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnallar, ro‘znomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga ta’lluqli bo‘lishi mumkin. AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro‘znomalar, «Biznes uik», «Forchun», «Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of markiting», «Jornal of marketing riserch», «Advertayzing eydj», «Selz end marketing menejment» va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi. 4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo‘riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda bo‘lgan firmalar ham ko‘p foydalanadilar. CHunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‘rsatish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi. Download 183.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling