Mavzu. Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi


Download 183.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.12.2022
Hajmi183.49 Kb.
#1047873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu Marketing

 
 
 


5. To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash 
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi: 
• tartibga solish; 
• masshtablashtirish; 
• umumlashtirish va tahlil qilish. 
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni tahrirlash 
va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya 
bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishga ega bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib 
chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko‘rinishila 
ko‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi. 
SHkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni 
klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari 
qo‘llaniladi. 
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda 
tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyasiya uslubi, 
diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo‘llaniladi. 
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi 
vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga 
qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko‘ra hisoblash jadvallari 
va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
 
6. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari va uslublari 
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o‘rin 
egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli 
vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlarning 
maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo‘nalishga va 
maqsadga bo‘lgan marketing tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi. 
Har bir tashkilot, firma o‘z bozori va xaridori ko‘lamini saqlash, ular salmog‘ini 
oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga 
oshirmog‘i lozim. 
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan yirik 
firmalar o‘z tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadilar. Lekin 
barcha sohalar bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy 
bo‘lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga 
tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga 
topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar. 
AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o‘z marketing tadqiqotlarini asosan besh 
sohada amalga oshiradilar: 
1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar. 
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar. 
3. Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar. 
4. Bozordagi holat tahlili. 
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar. 


Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lishi bilan birga, 
bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan 
farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, 
qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi 
mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, 
reklama vositalari tahlili va hokazolar. Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin 
yangi uslublarning qo‘llanishi, axborot ko‘lamining qayta ishlanishi, boshqa 
ko‘rsatkichlarning inobatga olinishi, bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib 
bormoqda. Xususan, ushbu mavzular bo‘yicha so‘nggi paytlarda ishlab chiqarilgan 
umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman 
olganda, marketing dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta’sir 
qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi: 
♦ demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar; 
♦ aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste’mol jamg‘armalarining tarkibi; 
♦ baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo; 
♦ soliqlar tizimi; 
♦ raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar 
jumlasiga kiradi. 
Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari, albatta bozorning rivojlangan darajasi, 
undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‘ul bo‘lgan 
firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish 
sur’ati va boshqa omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. SHu, jihatdan rivojlangan xorijiy 
davlatlardagi firmalarning marketing tadqiqotlari yo‘nalishlari, uyushtirish tartibi va 
shakllari bizning mamlakatimiz korxona va tashkilotlari uchun o‘zgarishsiz qabul qilinishi 
xususida fikrlash birmuncha noo‘rin bo‘ladi. 
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda uning hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini uyushtirishda ham 
sezilarli tarzda o‘z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning raqobatbardosh quvvati, 
bozordagi o‘rni, lozim strategik maqsadlari, diversifikatsiya sari yo‘l tutish taktikasi 
ko‘pgina hollarda tadqiqotlarning yo‘nalishi va ko‘lamini belgilaydi. 
Hozirgi kunda YAponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy 
Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida peshqadamlikka 
erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar. 

Download 183.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling