SHu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish holati,
raqobat jadalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish maqsadlari va vazifalar
inobatga olinishi zaruriy ahamiyat kasb etadi.
Marketing tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilashda
tegishli firmaning bozorda
faoliyat yuritish o‘rni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini amalga
oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari o‘rtasida tafovut – farqlanish
mavjudligiga etarlicha e’tibor berilmaydi. Buning oqibatida keyingi bosqichlarda sezilarli
xatolarga yo‘l quyiladi. SHu sababdan to‘g‘ri
va aniq belgilangan muammo, tayinli
maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib bu – tadqiqot
rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va
axborotlarni to‘plash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov o‘tkazish
tartiboti va rejalari
tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumotlar va manbalardan bir necha marotaba tegishli
sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so‘rov, guruhli bahs eng qo‘p
qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning
tegishli bosqichlarida
samarali axborot to‘plash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali foydalanishni
nazarda tutadi.