Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Atmosferada sodir bo‘ladigan shamol, bo‘ron va quyunlarning bosh sababchisi ham «okean-atmosfera-quruqlik» tizimidagi modda va energiyaning almashinuvidir


Download 1.14 Mb.
bet26/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Atmosferada sodir bo‘ladigan shamol, bo‘ron va quyunlarning bosh sababchisi ham «okean-atmosfera-quruqlik» tizimidagi modda va energiyaning almashinuvidir. Quyun (tayfun) va bo‘ronlar ikkala yarimsharning 5-20° kengliklari oralig‘idagi okean yuzasida tarkib topadi.
Dengiz oqimlari ham okeanning atmosfera va quruqlik o‘rtasidagi o‘zaro aloqasiga kuchli ta'sir etadi. Ayniqsa, iliq va sovuq dengiz oqimlari isiqlik va sovuqlikni geografik kenglik hamda uzoqliklar bo‘yicha tashiydi. Yaqinidan iliq dengiz oqimlari o‘tgan quruqlikda qalin o‘simliklar, sovuq oqim o‘tgan hududlarda esa cho‘llar (Namib, Somali, Atakama) hosil bo‘ladi. Hisob-kitoblarga qaraganda okean yuzasidan bir yilda bir metr qalinlikdagi suv bug‘lanadi. Lekin bu suvning o‘rni yog‘inlar, quruqlikdan oqib kelgan yer usti va yer osti suvlari, mantiyadan ajralgan suvlar hisobiga to‘ladi
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Savol – javob:
1) Dengiz havo massalari nima?
2) Kontinental havo massalari nima?
3) Okean qirg’og’ining 50 km gacha bo’lgan qismida dunyo aholisining necha foizi yashaydi?
4) Suvning ahamiyati qanday?
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 36 - 37- bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Hind okeani
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga hind okeani haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va axloqiy tarbiya berish
v) O’quvchilarning hind okeani haqidagi tushunchalarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topish va ularni tahlil qila olish, media-madaniyatga rioya qilish.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling