Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi


Download 1.14 Mb.
bet27/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
A2+
dunyo okeani tubining relyefi tektonik tuzilish bilan bog‘liqligini; Yer yuzasida relyef, foydali qazilmalar va geologik tuzilish orasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi tushunadi va misollar bilan izohlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Atlantika okeanini qaysi materiklar o’rab turadi?
2) Okeanni kimlar o’rgangan?
3) Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
4) Okeanni o’rgangan dengizchilarni ayting
5) Atlantika okeani maydoni va chuqur cho’kmasi qancha?
Yangi mavzu bayoni:

Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suv osti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km Gang deltasi), asosiy qismi Janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi. Geografik o‘rni. Sanskrit yozuvda hind so‘zi «sug‘oradigan» yoki «daryo», pushtu tilida esa «Abba-Sind», ya'ni «daryolar otasi« degan ma'nolarni anglatadi. Forslar sind atamasini hind deb atashgan. Demak, hind so‘zi daryo nomidan kelib chiqqan. Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan. O‘rganish tarixi. Arablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida (er.av. 4-5 asrlarda) suzishgan bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar. Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII-XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama (1498 y.) Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Tasman (1642 -1643 yy.) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi. Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi «Chellenjer» kemasi a'zolari, YUNESKO tashabbusi bilan 1960-1965 yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma'lumotlar to‘pladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling