Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘linib ketgan O‘rtaliq Hind okean tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston-G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Tog‘ tizmalari kengligi 400-800 km, balandligi 2-3 km.
Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25°C, +28°C, janubida esa ancha past. Shimolida haroratga iliq musson shamoli, janubida sovuq g‘arbiy shamollar oqiminmg ta'siri kuchli. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dcngiz suvi eng sho‘r (42‰), eng chuchugi Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p (3000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘'tadil va subantarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida plankton lar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, mollyuskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari alrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suv osti o‘tloqlarini uchratish mumkin.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Kerakli sonni qo’y”
1) Hind okeani maydoni…….. mln km kv. (76)
2) Qizil dengiz suvining sho’rligi __________ %0(42)
3) Zond cho’kmasi chuqurligi ________ m ga teng (7729)
4) Yillik yog’ingarchilik miqdori _________________ mm ni tashkil etadi (2000 – 3000)
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 44 - 46 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Do'stlaringiz bilan baham: |