Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Mavzu: Afrika iqlimi, tarkib topishi va xususiyatlari


Download 1.14 Mb.
bet36/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Mavzu: Afrika iqlimi, tarkib topishi va xususiyatlari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Afrika iqlimi, tarkib topishi va xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning Afrika iqlimi haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik sayohat va kashfiyotlar tarixini insoniyat tarixining ajralmas qismi sifatida anglash, o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Gondvana qanday materik?
2. Afrika qanday foydali qazilmalarga boy?
3. Afrikaning ko’p qismini qanday relief shakli egallagan?
4. Afrikaning eng past joyi qayer?
Yangi mavzu bayoni:
Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Haqiqatan ham Afrikaga «issiq materik» nisbati bejiz berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda balandda va har yili ikki marta zenit da bo‘ladi. Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan oyning o‘rtacha harorati +20?C dan ortiq. Hatto eng shimoliy va janubiy qismlarida qish oyining o‘rtacha harorati +10-15?C dan pastga tushmaydi. Afrika iqlimining tarkib topishida uning geografik o‘rni, havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari kabi omillar kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ekvatorga yaqin joylashgan o‘rniga ko‘ra juda katta miqdorda quyosh radiatsiyasini (yiliga bir sm2 ga 160-200 kkal) oladi. Yil fasllari yog‘in miqdoriga qarab farqlanadi. Ekvatorial hududlarda ?ast bosimli mintaqalar, tropik kengliklarda esa yuqori bosimli mintaqalarning tarkib topishi Quyoshning balandligiga bog‘liq. Shunga binoan materik ustida ekvatorial, tropik va mo‘'tadil havo massalari harakatlanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling