Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


II chorak Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B” Mavzu: Afrikaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi


Download 1.14 Mb.
bet34/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

II chorak
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”


Mavzu: Afrikaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Afrikaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari, relyefi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish, tabiat ne’matlaridan foydalanishga o’rgatish
v) O’quvchilarni mustaqil xarita bilan ishlashga o’rgatish, tasavvurlarini ekngaytirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Quyidagi geograf olimlarning Afrika materigini o’rganishdagi hissasini aytib bering
1) Gaffarel
2) Ibn Battuta
3) Vasko da Gama
4) Devid Levingston
Yangi mavzu bayoni:
Afrika - qadimgi Gondvana quruqligining bir bo‘lagi. 180 mln yil muqaddam Arabiston yarimoroli bilan birga yaxlit platformani hosil qilgan. Alp tog‘ burmalanishi davrida Qizil dengiz i‘rni ochilgan. Nalijada Arabiston yarimoroli Yevrosiyoga tutashib ketgan. Materik zaminidagi arxey va protozoy eralarining tog‘ jinslari Sahroyi Kabirning Ahaggar, Tibesti, Darfur tog‘ligi va platolarida, Janubiy va Sharqiy Afrika hamda quruqlik yuzasidagi eng yirik Habashiston tog‘liklarida yer yuziga chiqib yotadi. Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig‘i 6500 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, Akoba qo‘ltig‘idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etadi. Olimlarning bashoratiga ko‘ra, kelajakda Buyuk Afrika yer yorig‘idan sharqdagi hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli singari) Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada yer po‘sti serharakat bo‘lib, unga harakatdagi vulqonlar (Kilimanjaro, Karisimbi) va zilzilalar xos. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi palaxsalanib ko‘tarilgan gorst va graben lardan iborat. Chuqur ko‘llar grabenlarda tarkib topgan. Tog‘lar, platolar magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan. Botiqlar, cho‘kmalar, pasttekislik va tekisliklar cho‘kindi jinslar bilan qoplangan. Afrika turli xil qimmatbaho tabiiy boyliklarni o‘z zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilmalarning ko‘plab tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Sharqiy va Janubiy Afrikadagi foydali qazilmalarning aksariyati ochiq usul bilan qazib olinadi. Chunki bu yerdagi foydali qazilmalar yer yuzasiga yaqin yotadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling