Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi
Download 1.14 Mb.
|
Kons geo 6 - sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa
- Mavzu: Afrika tabiat zonalari. Ekvatorial o’rmonlar va savannalar tabiati Darsning maqsadi
- Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2
- Dars turi
- O’tilgan mavzuni so’rash: Krossvord
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa
- Mavzu: Afrika tropik cho’llari va subtropiklar tabiati Darsning maqsadi
Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Shaxmat” o’yini
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 59 - 60 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B” Mavzu: Afrika tabiat zonalari. Ekvatorial o’rmonlar va savannalar tabiati Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga Afrika tabiat zonalari, ekvatorial o’rmonlar va savannalar tabiati haqida nazariy bilim berish b) O’quvchilarga ekologik va axloqiy tarbiya berish, tabiatni asrashga o’rgatish v) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish, ijodiy salohiyatini oshirish Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2 Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi. Dars turi: aralash Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzuni so’rash: Krossvord
Savollar: 1) Afrikadagi cho’l 2) Afrikadagi eng chuqur ko’l 3) Daryo 4) Dunyodagi eng katta daryo? 5) Sharshara 6) Oqmas ko’l Yangi mavzu bayoni: Afrika maierigida doimiy sernam ekvaional o‘rmonlar zonasi bir, fasliy nam o‘rmonlar, savannalar va siyrak o‘rmonlar, chalacho‘l va cho‘llar, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonalari ikki martadan takrorlanadi. Tog‘larda balandlik zonalligi mavjud. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Bu zona ekvatorial iqlim mintaqasida, ekvatorga tutash hududlarda va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida tarkib topgan. Uni gileya yoki yomg‘irli o‘rmonlar deb ham atashadi.Ekvatorial o‘rmonlarning asosiy xususiyati doimiy yashilligi, ko‘p yarusligi va juda qalinligidir. Ba'zan tangadek joyga ham quyosh nuri tushmaydi. Bu yerda daraxtlarning 1000 turi, o‘simliklarning 25 000 turi mavjud. Yuqori yarusda (35-50 m) seyba, palma daraxtlari ko‘proq. O‘rta yarusda moyli palmalar, quyi yarusda esa rafiya palmasi bilan daraxtsimon paporotniklar, lianalar, eng pastda o‘t-o‘simliklar va butazorlar tarqalgan. Hayvonlarning ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydi. Turli qushlar, kemiruvchilar, hasharotlar. martishkalar, shimpanzelar daraxtlarda umr kechiradi. Yerda faqat mitti afrika bug‘uchasi (bo‘yi 40 sm), karlik begemot (bo‘yi 80 sm), o‘rmon fili, okapi, gorilla va boshqalar yashaydi. Yirik yirtqich hayvonlardan qoplon uchraydi. Savannalar. Afrika maydonining 40% ini savannalar egallaydi. Bu yerlardagi baland bo‘yli o‘t-o‘simliklar dasht landshaftlarini eslatadi, tabiatning fasliy o‘zgarishi kuchli, sernam va qurg‘oqchil fasllar almashinib turadi. Savannalar yirik hayvonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Yomg‘irli fasl 6 oy davom etadigan zonachasida tipik savanna landshafti hosil bo‘lgan. Yog‘in, asosan, yozda yog‘adi. Tuprog‘i qizil-qo‘ng‘ir, o‘t-o‘simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to‘p-to‘p daraxtlar va butazorlar uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan daraxt - sershox akatsiya, qum palmasi. Sahroyi Kabirga tutashgan zonachada cho‘llashgan savanna landshafti shakllangan. Past va siyrak o‘t-o‘simliklar, tikanli butalar, bargsiz molochay, tikanli va sersuv daraxtsimon o‘t-o‘simligi ko‘p tarqalgan. Savannalar uchun baobab va kaktuslar ham xos. Dunyoning biror joyi yo‘qki, savannadagidek yirik hayvonlar to‘plangan bo‘lsa. Bu yerda xilma-xil antilopalar (ularning 40 ta turi bor), zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og‘irligi 12 t gacha), buyvol, karkidon, begemot, pavian (maymun turi), sher, yo‘lbars, qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, gepard, suvda timsohlar (Nil timsohi 5-6 m uzunlikka ega) uchraydi. Qushlardan eng kichik nektar, kotib gush, eng katta afrika tuyaqushi (bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha), marabu, mirzaqush, termitlar va boshqalar ko‘p tarqalgan. Yangi mavzuni mustahkamlash: Tabiat zonalarining bir – biridan farqini ajratish
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 61 - 63 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B” Mavzu: Afrika tropik cho’llari va subtropiklar tabiati Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga Afrika tropik cho’llari va subtropiklar tabiati haqida nazariy bilim berish b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish, ekologik tushunchalarni shakllantirish v) O’quvchilar xotirasini mustahlamlash, fikrlash qobiliyatini kengaytirish Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2 Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling