Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet43/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Ekvatorial o’rmonlar va savannalar qayerlarda joylashgan?
2) Savannalarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3) Bu tabiat zonalari uchun qaysi o’simlik va hayvonlar xos?
Yangi mavzu bayoni:
Tropik cho‘llar tabiati. Afrikaning savannalari shimol va janubda tropik chalacho‘llar va cho‘llar bilan almashinadi. Tropik havo massalarining nihoyatda quruq ekanligi, havo bosimining yuqoriligi tropik chalacho‘l va cho‘llarning tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Ular uchun yog‘inlarning juda kamligi, tuproq va o‘simlik qoplamining rivojlanmaganligi xos. Tropik cho‘llar materikning katta qismi (30%)ni egallaydi va asosan, shimoliy qismida joylashgan. Sahroyi Kabir haqiqiy tropik cho‘llardan iborat. U dunyodagi cho‘llarning eng yirigi (maydoni 7,8 mln km2). Yillik yog‘in miqdori 100 mm gacha. Ichki qismlarida bir necha yillar davomida yog‘in yog‘maydi. Qum, chang-to‘zonli quruq va issiq samum shamoli kuchli esadi. Tropik cho‘llarda tun bilan kunlik harorat keskin o‘zgaradi. Masalan, kunduzi havo harorati 40-50°C bo‘lsa, kechasi 0°C ga pasayishi mumkin. Buning natijasida cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lib, kuchli parchalanishlar kuzatiladi. Sunday joylarda mahalliy aholi gamada deb ataydigan toshloq sahrolar paydo bo‘ladiBundan tashqari, tuproq va o‘simlik qoplamidan butunlay mahrum bo‘lgan barxan qumli cho‘llar katta maydonni egallaydi. Cho‘l markazida Tibesti (3415 m), Darfur (3088 m), Axaggar kabi qoldiq tog‘lar bor. Cho‘llarda chirindisiz qumloq cho‘l tuproqlari, pastlik joylarda sho‘rxok tuproqlar, vohalarda madaniy tuproqlar shakllangan. O‘simligi juda kam, pastlik joylarda sho‘ra, shuvoq, saksovul, yulg‘un, buta, akatsiya, Namib cho‘lida noyob velvichiya kabi o‘simliklar o‘sadi. Namib cho‘lining shimol va sharq tomonlarida chalacho‘llar boshlanadi. Bu yerlarda yostiqsimon o‘simliklar, molochay, aloe, yovvoyi sersuv tarvuzlar o‘sadi. Tarvuzlar hayvonlar va aholi uchun suv o‘rnida iste'mol qilinadi. Vohalarning asosiy o‘simligi xurmo hisoblanadi. Cho‘l sharoitiga moslashgan antilopa, giyena (chipor sirtlon), tulki, chiyabo‘ri, tuya, kaltakesak, echkemar, toshbaqa kabilar asosiy hayvonlardir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling