Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Markaziy Afrika Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo havzasini qamrab oladi


Download 1.14 Mb.
bet46/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Markaziy Afrika Gvineya qo‘ltig‘i sohillari va Kongo havzasini qamrab oladi. Bu o‘lkada doimiy yashil nam ekvatorial o‘rmonlar va mavsumiy nam o‘rmonlar zonalarining noyob landshaftlari tarkib topgan. Landshaftlari bir necha yarusli o‘simliklar, faqat shu joylarda yashaydigan hayvonlari bilan ajralib turadi. Jumladan, qimmatbaho mebellar ishlanadigan qizil daraxt, yog‘ olinadigan palma, seyba va muskat daraxtlari, kauchuk olinadigan daraxtlar o‘sadi. Mitti pigmey qabilasi - o‘rmon odamlari, bahaybat gorilla, setse pashshasi, mini bug‘ucha, okapi va boshqalar faqat shu hududlarda yashaydi.
Sharqiy Afrika materikning baland tog‘li qismini egallaydi. O‘lka, asosan, Efiopiya tog‘ligi va Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan iborat. Relyefi va iqlim xususiyatlariga bog‘liq holda o‘simlik va hayvonot olami tarkib topgan. Balandlik mintaqalanishi aniq namoyon bo‘lgan. Tog‘ etagidagi nam o‘rmonlar tepada savannalar, keyin esa dashtlar, alp o‘tloqlari hamda qor va muzliklar bilan almashinadi.
Janubiy Afrika o‘lkasi Kongo-Zambezi daryolari suvayirg‘ichidan janubdagi hududlarni egallaydi. Bu o‘lkani kichik Afrika deb ham atashadi. Sababi kichik hududda iqlimiga bog‘liq holda tabiati kenglik va uzoqlik bo‘yicha almashib keladi. Masalan, o‘lkaning sharqiy va janubi-sharqiy sohillaridagi tropik va subtropik mintaqalarning nam o‘rmonlari, g‘arb tomonda savannalar, chalacho‘llar va cho‘llar bilan almashinadi. Shimoldan janubga tomon savannalar, chalacho‘l, cho‘l, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar ketma-ket joylashadi. Tog‘larida balandlik mintaqalanishi mavjud. Madagaskar - yirik materik orol. Tabiatiga okean ta'siri katta. Tropik o‘rmon va savannalar ko‘p. Afrika tabiatini muhofaza qilish dolzarb masalaga aylangan. Materikda o‘simlik va hayvonot olamini asrash maqsadida 392 ta milliy bog‘ va qo‘riqxonalar tashkil etilgan.
Afrika aholisi 818 mln kishi (2001 yil), siyosiy xaritasida 50 dan ortiq mamlakat bor. Materik shimolida arablar bilan berberlar (yevropeoid irqiga mansub) yashaydi. Afrikaning qolgan qismida, asosan, negroid irqiga tegishli aholi (bantu, gottentot, pigmey, bur va b.) yashaydi. Aholi yashaydigan yerlarda antropogen landshaftlar tarkib topgan.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling