Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet48/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yangi mavzu bayoni:
Eng mitti, eng past, eng quruq materik , xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan Janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkalipt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat - Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Avstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan.
Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606 yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L.Torres, gollandiyalik A.Tasman va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, eran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon - ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya - rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur.
Avstraliya relyef tuzilishiga ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassitog‘ligidir. U yassitog‘lik va baland tekisliklaridan iborat. Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali tog‘lar guruhiga kiritish mumkin. Ikkinchisi, Markaziy tekislik bo‘lib, u materikning eng past va yassitekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yotqiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr ko‘li - 16 m) ham shu yerda. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi - Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alpi tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2230 m) hisoblanadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling