Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet50/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yangi mavzu bayoni:
Avstraliyaning geografik o‘rni, havo massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko‘ra, Avstraliya Yerimizdagi eng qurg‘oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog‘in yog‘adi. Bu yerda quruq tropik iqlim tipi hukmronlik qiladi. Shuning uchun materikning markaziy va g‘arbiy qismlarida yog‘ingarchilik juda kam bo‘ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta Suvayirg‘ich tizmasining sharqiy yonbag‘irlariga yog‘in keltiradi
Avstraliya materigida to‘rtta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning 20° j. k. gacha bo‘lgan hududlarini egallaydi. Yozda (dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko‘p yog‘in keltiradi (800-2000 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bolib, yog‘in kam yog‘adi. Bu mintaqada o‘rtacha havo harorati yozda +24°C, qishda esa 16-24°C ni tashkil etadi.Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi mintaqa singari ko‘p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim tipi shakllangan. 1. Quruq tropik iqlim tipi, tekislikni egallaydi, yog‘in kam (100-500 mm), yillik havo harorati 30-32°C. 2. Nam tropik iqlim mintaqasi. Tinch okean sohilida tarkib topgan, yog‘in ko‘p (2000 mm gacha), yillik harorati 16°C. Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo‘ylarini qamrab oladi. Bu mintaqada uchta iqlim tipi hosil bo‘lgan. G‘arbdan sharqqa tomon dastlab O‘rta dengiz subtropik iqlim tipi (yog‘in 300-1000 mm), so‘ngra kontinental (yog‘in 100-500 mm) va janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiplari (yog‘in 2000-3000 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g‘arbiy shamollar ta'sirida bo‘lib, mo‘'tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini egallaydi (yog‘in 500-2000 mm, qishda +8°C, yozda +16°C).
Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60% maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7% i Tinch okean va 33% i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o‘zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va yer osti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi - Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan. Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr ko‘li, uning maydoni suv bilan to‘lgan paytda 15 ming kv. km ga yetadi. Eyr okean sathidan 16 m pastda joylashgan. Materikning cho‘l va chalacho‘l zonalarida yer osti suvlarining zaxirasi ko‘p. Ularning ahamiyati katta.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling