Mavzu: Afrika tabiiy – geografik o’lkalari. Aholisi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Afrika tabiiy – geografik o’lkalari va aholisi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda ekologik va estetik tarbiya berish, axloqiy sifatlarni shakllantirish
v) O’quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, tasavvurini kengaytirish
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Toshloq sahrolar qanday hosil bo’ladi?
2) Tropik cho’llarda qanday hayvonlar yashaydi?
3) Subtropiklar tabiati qaysi omillar ta’sirida shakllanadi?
4) Cho’l markazidagi qoldiq tog’larni aytib bering
Yangi mavzu bayoni:
Hozirgi paytda Afrika tabiiy sharoitiga ko‘ra to‘rtta yirik tabiiy-geografik o‘lkaga ajratiladi. Ular Shimoliy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika deb nomlangan.
Shimoliy Afrika janubda mavsumiy nam o‘rmonlar zonasidan shimolda O‘rta dengizgacha, g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan, sharqda Efiopiya tog‘larining etaklarigacha bo‘lgan hududlarni egallaydi. Savannali Sudan (arabcha qoralar o‘lkasi), Sahroyi Kabir va Atlas tog‘lari shu o‘lkada joylashgan. Shimoliy Afrika o‘lkasi tarkibida bir-biridan farq qiladigan uchta tabiat komplekslari bor. Bular: 1) qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar zonasi, 2) qumli va toshloq cho‘lli Sahroyi Kabir va 3) o‘t-o‘simlikka boy savannali Sudan yoki Saxel hududlaridir.Sahroyi Kabir relyefida tekisliklar ko‘p tarqalgan. Kontinental tropik havo massalari iqlimning shakllanishiga sabab bo‘lgan. Vohalarda hayot ancha rivojlangan. Vohalar, asosan, yerosti suvlari yaqin bo‘lgan relyefning pastroq joylarida tarkib topgan. Sahroyi Kabirdagi eng yirik va eng qadimgi voha Nil vodiysidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |