Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi
Download 1.14 Mb.
|
Kons geo 6 - sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tilgan mavzuni so’rash
- Nil - dunyodagi eng uzun (6671 km) daryo.
- Vatandoshimiz al-Farg‘oniy (IX asr) birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan «nilometr» qurilmasini bunyod etgan.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzuni so’rash: 1) Afrikada qanday iqlim mintaqalari shakllangan? 2) Nega iqlim nitaqalari simmetrik joylashgan? 3) Afrika iqlimining tarkib topishida qanday havo massalari qatnashadi? Yangi mavzu bayoni: Afrikaning yer usti va yer osti suvlari uning ichki suvlarini tashkil etadi. Ularni havzalar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz. Bular Atlantika va Hind okeani havzalari hamda berk havzalardir. Afrikaning yer usti suvlari daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallardan iborat. Afrikaning eng yirik Nil, Kongo, Niger, Oranj daryolari hamda Viktoriya, Tanganika ko‘llari Atlantika okeani havzasida joylashgan. Nil - dunyodagi eng uzun (6671 km) daryo. U Sharqiy Afrika yassitog'ligidan boshlanadigan Oq Nil bilan Efiopiya tog‘ligidan boshlanadigan Ko‘k Nil irmoqlarining qo‘shilishidan Nil nomini oladi. Uning irmog‘i Kagera 3° j.k.dan boshlanib, Viktoriya ko‘liga quyiladi. Oq Nil shu ko‘ldan oqib chiqadi. Nil daryosi O‘rta dengizga quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Yuqori va o‘rta oqimlarida ostonalar ko‘p. Suv oqimining deyarli 70% i sug‘orishga, bug‘lanishga va tuproqqa shimilishiga sarf bo‘ladi. Vatandoshimiz al-Farg‘oniy (IX asr) birinchi bo‘lib Nil daryosi misolida suv sarfini o‘lchaydigan «nilometr» qurilmasini bunyod etgan. Kongo (Zair) uzunligiga (4320 km) ko‘ra Afrikada ikkinchi, lekin sersuvligi (1414 km3) va havzasining maydoniga (3691 ming km2) ko‘ra dunyoda Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning Lukuga irmog‘i Tanganika ko‘lidan boshlanadi. Daryoning suv sarfi yil davomida deyarli o‘zgarmaydi. Bunga sabab yillik yog‘inlarning bir me'yorda yog‘ishidir. Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Jumladan, quyi oqimida Livingston sharsharalar guruhi mavjud. O‘rta oqimida ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi. Niger uzunligiga va havzasining maydoniga ko‘ra Afrikaning uchinchi daryosi. Yuqori va quyi oqimlarida ostonalar va sharsharalar ko‘p. O‘rta oqimida Sahroyi Kabirga tutash tekis va botiq relyefli cho‘l zonasidan oqib o‘tadi. Daryo o‘z yo‘nalishini bir necha marta (shimolga, sharqqa, janubga tomon) o‘zgartiradi. Quyi oqimida katta delta hosil qiladi. Oranj daryosi Afrikaning janubida joylashgan. U sharqda Drakon tog‘laridan boshlanib, g‘arbda Atlantika okeaniga quyiladi. Daryo tor o‘zandan oqadi. Ostonalar va sharsharalari ko‘p. Kema qatnamaydi. O‘rta oqimida suvi cho‘llarni o‘zlashtirishga sarflanadi. Afrikaning Zambezi, Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, Uabi-Shebelle va boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind okeani havzasidan o‘rin olgan. Bulardan eng yirigi Zambezi daryosidir (uzunligi 2660 km). Daryoda ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil bo‘lgan. Quyi oqimida delta tarkib topgan va kemalar qatnaydi. Daryodagi Viktoriya sharsharasi keng (1800 m) suv oqimini hosil qilib, 120 m balandlikdan tor daraga oqib tushadi. Bu dunyodagi eng yirik va go‘zal manzarali sharsharalardan hisoblanadi. Yer osti suvlari Afrikaning qurg‘oqchil hududlarida yagona suv manbai hisoblanadi. Sahroyi Kabir, Namib, Kalahari va Somali cho‘llarida yer osti suvlari topilgan. Tadqiqotchilar nafaqat chorva mollari uchun, balki ma'lum miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish va bog‘larni bunyod etish uchun yer osti suv havzalari borligini aniqlashgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling