Subtropik iqlim mintaqasi. Afrikaning chetki janubiy va shimoliy hududlari subtropik iqlim mintaqasida joyiashgan. Bu yerda mavsumiy havo massalari almashinadi: yozda dengiz tropik havosi, qishda mo‘'tadil kengliklarning dengiz havosi hukmron. Natijada subtropiklarning o‘rta dengiz iqlimi tipi shakllangan. Janubiy Afrikaning janubi-sharqiy qirg‘oq bo‘yi hududlarida yog‘in yil davomida bir me'yorda yog‘adi, lekin musson shamollari yozda eng ko‘p yog‘in keltiradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Jadval bilan ishlash
Iqlim mintaqalarining asosiy xususiyatlarini yozish. Qaysi guruh ko’proq xususiyatini yoza oladi?
Ekvatorial mintaqa
|
Subekvatorial mintaqa
|
Tropik mintaqa
|
Subtropik mintaqa
|
|
|
|
|
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 57 - 58 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Afrika ichki suvlari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Afrika ichki suvlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning Afrika ichki suvlari haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A2
Materiklarda tabiatni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan milliy bog‘lar va qo‘riqxonalarni, qutbiy muzliklarning geografik qobiqdagi ahamiyati va ularni saqlash borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni, materiklar ichki suvlarining ifloslanishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining, tabiat zonalarining o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillarni anglay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |