Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Shimoliy Okeanni hozir qaysi mamlakatlar o’rganmoqda?
2) Shimoliy muz okeani iqlimining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3) Okeanda qanday tabiat mintaqalari mavjud?
4) Okeanning xo’jalik ahamiyatini aytib bering
Yangi mavzu bayoni:
Ekvator o‘rtasidan va bosh meridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat kuzatilgan, eng uzun va Sharqiy yarimsharning eng sersuv daryolari bor, eng pakana «o‘rmon odamlari«, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg‘og‘i eng kam parchalangan, Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun (650 km) va chuqur ko‘li, eng uzun bo‘g‘izi bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda.
Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yevropa, Suvayish bo‘yni orqali Osiyo qit'alari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, uzunligi 30500 km ga teng.Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G‘arbida eng yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha Afrika so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan qo‘llanilgan. Fransiyalik olim Gaffarel va boshqalarning fikriga ko‘ra, materikning shimoli-g‘arbiy qismida (Tunis, Marokash yerlari) yashagan qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan. Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3,4 mln yil avval odamlar yashaganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Muhandislik san'atining nodir asarlaridan hisoblangan piramidalardan biri eramizdan avvalgi 2500-yillarda qurib bitkazilgan. Ular Dunyoning yetti mo‘jizasi dan biridir. Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini, Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha (1325-1349 yy.) o‘rgangan. Afrikaning ichki qismi tabiatini o‘rganishda ingliz tadqiqotchisi Devid Livingstonning xizmatlari katta bo‘ldi. U Kalaxari cho‘lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko‘llarini o‘rgandi. Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |