Mavzu: Shimoliy Muz okeani
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Shimoliy Muz okeani haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish , estetik didni shakllantirish
v) O’quvchilarning shimoliy muz okeani haqidagi tushunchalarni shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; halol va to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik his etish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Hind okeani qaysi materiklar oralig’ida joylashgan?
2) Hind okeanini kimlar o’rgangan?
3) Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
4) Hind okeani maydoni qancha?
5) Hind okeani kimlar tomonidan o’rganilgan?
6) Eng kam yog’in okeanning qaysi qismida kuzatilgan?
Yangi mavzu bayoni:
Okeanlarning eng kichigi, shimoliy qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar qoplangan yagona okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb tunlari va kunlari bo‘ladi.
Geografik o‘rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan. Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli - Farer, Irlandiya va Grenlandiya orollari - Smit bo‘g‘izi - Kanada arxipelag lari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |