Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi
Download 1.14 Mb.
|
Kons geo 6 - sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okean tubi relyefi.
O‘rganish tarixi. Okean to‘g‘risidagi birinchi ma'lumotni yunon olimi Pifey (er. av. 325 yil) yozgan va «Qayrilgan dengiz» deb nom bergan. Keyinchalik yevropaliklar Giperborey (yunoncha Borey - «shimoldagi shamollar xudosi») deb atashdi. 1650 yilda B.Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi. 1845 yilda London geografiya jamiyati, 1928 yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936 yilda Rossiya geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qabul qildilar. Okeanni o‘rganishda Pyotr I (1733-1743), M.V.Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N.A.Nordensheld (1878-1879) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.
Qazilma boyliklaridan temir shaxta usulida qazib olinadi, Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Shimoliy dengizda ko‘p qazib olinadi. Daryolarning quyilish joylarida, Oq, Barens, Norvegiya dengizlaridan ko‘plab baliq ovlanadi va suvo‘tlari yig‘ib olinadi. Okean tubi relyefi. Suv tubi relyefini o‘rganish bu hududlarning dengiz emas, balki okean ekanligini ko‘rsatdi. Relyefida parallel cho‘zilgan tog‘ tizmalari, ular oralig‘ida chuqur cho‘kma va botiqlar, katta maydonni egallagan shelflar uchraydi. Masalan, qutbdan o‘tgan Lomonosov tizmasining uzunligi 2000 km ga boradi. Iqlimi. Okean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (-30?C -40?C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi. Antarktida havosiga nisbatan iliq. Bunga sabab Atlantika va Tinch okeanlardan iliq va sho‘r suvlarning okean tubi oqimlarini hosil qilib kirib kelishidir. Aniqlanishicha, 150-1000 m chuqurliklarni, asosan, Atlantika okeanining iliq va sho‘r suvlari egallaydi. Okeandan Grenlandiya sovuq suv oqimi (aysberglar bilan) chiqib ketadi. Ikkita iqlim mintaqasi (arktika va subarktika) mavjud. Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-5 m. Suvning sho‘rligi chuqurlik tomon o‘zgarib boradi. Yuza suvlar sho‘rligi 30-32‰, tubida 34-35‰ gacha ortadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling