Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda turadi


Download 1.14 Mb.
bet35/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mashhur «mis mintaqasi» Zambiya va Kongo davlatlari chegara zonasida joylashgan. Materikning botiq, cho‘kindi jinslar to‘plangan joylarida toshko‘mir, neft, tabiiy gaz, marganets rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan.
Relyefi.
Afrika hududi relyef xususiyatiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Mutlaq balandligi 1000 metrgacha bo‘lgan tekislik, plato va tog‘liklardan tashkil topgan «past» Afrika. Bu joylar Shimoliy va G‘arbiy Afrika uchun xos. «Baland» Afrika Sharqiy va Janubiy Afrikani egallagan. «Past» va «baland» Afrika o‘rtasidagi chegara Angola-Efiopiya yo‘nalishidan o‘tadi. «Past» Afrikada qumli past-balandliklar ko‘p bo‘lgan Sahroyi Kabir, tekis va botqoqli Kongo botig‘i, plato va tog‘lik (Darfur, Axaggar, Tibesti va boshqa)lar asosiy relyef shakllaridir. «Baland» Afrikada Efiopiya tog‘ligi, Sharqiy Afrika yassitog‘ligi va Janubiy Afrika yassi tog‘lari joylashgan. Bu yerda ham tog‘ oralig‘idagi (Viktoriya, Kalaxari) va Sharqiy Afrika yer yorig‘i o‘tgan zonadagi chuqur cho‘kmalar bor. Plato, tog‘lik va yassitog‘likdan boshlanadigan yoki oqib o‘tadigan daryo vodiylarida relyefning dara, kanyon, sharshara (Viktoriya, Livingston, Stenli), ostonalar ko‘p hosil bo‘lgan. Afrikaning eng baland (Kilimanjaro vulqoni, 5895 m) va eng past nuqtalari (Afar botig‘idagi Assal ko‘li, -157 m) ham «baland» Afrikada joylashgan. «Past» Afrikaning eng past joyi Kattara botig‘idir (-133 m).


Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
Darslikning 54 –betida berilgan 11 – rasm xaritadan foydalanib, Afrikaning chekka nuqtalari va foydali qazilmalarini topish


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 52 - 55 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling