Mavzu: matn va lug’at ustida ishlash darsning maqsadi: a ta’limiy: o’quvchilarga matn va lug’at ustida ishlash haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar


Download 149.9 Kb.
bet18/73
Sana14.11.2021
Hajmi149.9 Kb.
#174398
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
9-sinf ona tili yangi

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: an’anaviy.

Dars jihozlari: darslik, o’zbek tilining atoqli lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Topshiriq. Berilgan gapdan muallif gapi va ko‘chirma gapni ajrating.

Tinish belgilarining qo‘llanilishini izohlang. «Intilganga tole yor», - deydi xalqimiz.

Bilib oling. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar doimo ikki qismdan - muallif gapi va

ko‘chirma gapdan tashkil topadi.
175-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni aniqlang. Ularning qo‘llanish o‘rniga e’tibor bering.

Donodan so‘radilar: ≪Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?≫ Aytdi: ≪Jim turmoq, ortiqcha so‘zlarni aytmaslik≫. Yana so‘radilar: ≪Unda bu xislat o‘lmasa-chi?≫ Dono javob berdi: ≪Unday odamning bo‘lmagani yaxshi≫.


176-mashq. Ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni, ularning joylashish o‘rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.

1. ≪Rahmat, ona qizim≫, - dedi muharrir mehri tovlanib. (Murod Muhammad D o ‘st) 2. ≪Ke, picha dam ol, chirog‘im, toza charchabsan≫, - dedi bobom. (Oybek) 3. Kampir oyoq ostida o ‘sgan o ‘tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: ≪Ma, jonivor,

ma!≫ (Said Ahmad) 4. ≪Shoshmang, Ahmadjon≫, - dedi yigit. (Abdulla Qahhor)

5. Xalil bobo nevarasiga girgitton bo‘lib: ≪Hoy bolam, senga nima bo‘ldi? A? Nima qildi, toychog‘im-a?≫, - der edi. (A. Muqimov) 6. ≪Zab yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla≫, - dedi u. (A. Muqimov)


177-mashq. Gaplarni ko‘chiring, ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning tuzilishiga e’tibor bering.

Abdulla Qodiriy bog‘da ishlayotganida, bir odam o ‘tib ketayotib:

- Ha, ishlayapsizmi? - deb so‘rabdi.

- Yo‘q, dam olyapman, - deb javob beribdi yozuvchi.

Ma’lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o ‘tsa, Qodiriy bog‘da o ‘ylanganicha aylanib yurgan ekan.

- Ha, dam olyapsizmi?

- Yo‘q, ishlayapman, - deb javob qilibdi ijod olamiga sho‘ng‘igan yozuvchi. (R. Obidov)

178-mashq. O‘qing. Gaplarni qavs ichida berilgan muallif nomlaridan foydalangan holda ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantiring. Qanday yo‘l bilan qo‘shma gapga aylantirganingizni ayting.

1. Xalqning ishonchini oqlash har birimizning muqaddas burchimizdir. (Mirtemir)

2. Ertangi kunimiz bundan ham go‘zal bo‘ladi. (A. Oripov) 3. Tabiatning betakror go‘zalliklari yuragimga juda yaqin. (M. Ulug‘ova) 4. Inson mehnati beiz qolmaydi.



(E. A ’zamov)
179-mashq. Matnni davom ettiring. Unda ko‘chirma va muallif gaplaridan foydalaning.

Qo‘shiq - qalb mulki. U hayotning qalbdagi aks-sadosi...



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday qismlardan tashkil topadi?

2. Muallif gapi deb qanday gapga aytiladi?

3. Qanday gapga ko‘chirma gap deyiladi?




Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling