Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Reja


O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik


Download 27.04 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1608411
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu ma\'ruzasi

O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo‘lishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

  • o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

  • kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

  • dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;

  • fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;

  • o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;

  • tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Namunaviy o‘quv dasturlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida oliy ta’lim muassasasining tajribali professor-o`qituvchilari tomonidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, talabalarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular mavjud bo‘lganida oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
O‘quv fani ta’lim muassasalarida talabalarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki muta-xassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling