Elektron nazorat (testlashtirish) - elektron о‘quv adabiyotining komponenti bо‘lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning muqobilidir. Elektron testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini kо‘rsatib beradi, bu bilan bog‘liq bо‘lgan algoritmlarni joriy qiladi. (masalan, bajarilgan yoki о‘tkazib yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yо‘qligi, bitta testga vaqtning chegaralanganligi va h.k.).
Elektron testlar – saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog‘oz» blankalarni tо‘ldirib, sо‘ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bо‘lib hisoblanmaydi.
Elektron topshiriqlar - о‘qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini hisobga olgan xolda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini о‘zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim kо‘rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog‘oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.
Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgi-lovchi asosiy hujjat;
ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |