Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Reja
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model»
Download 27.04 Kb.
|
6-Mavzu ma\'ruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir
- Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, talabalarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Talaba davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo‘lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o‘rganishda talabaga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, talaba o‘ziga mos keladigan ta’lim yo‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilish-larini amalga oshirishga imkoniyatga ega bo‘ladi. Shakli va mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan talabalarga yetkaziladi. Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir: 1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish ob’ektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta’rifi. 2. O‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash. 3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni talabalarning o‘quv tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar. 4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning maj-buriy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishla-ri, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab talabalar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: Ta’lim mazmunini shakllantirish qanday bosqichlardan iborat? Maxsus fanlarni o`qitish mazmuni qanday me’yoriy hujjatlarda namoyon bo`ladi? Tayanch o‘quv rejasi qanday me’yoriy hujjat hisoblanadi va u kim tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi? Namunaviy o‘quv rejalari nimaga asosan tuziladi va kim tomondan tasdiqlanadi? O`quv reja me’yoriy hujjat sifatida nimalarni belgilaydi? Ishchi o`quv reja kim tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi? Namumaviy va ishchi o`quv dasturlari kim tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi? Ularning farqi nimada? O`quv dasturi qanday me’yoriy hujjat hisoblanadi va u nimalardan iborat bo`ladi? O`quv fani qanday manba, fanning mazmuni nimalarga tayangan holda ishlab chiqiladi? Darslik nima? Elektron darslik nima? Darslik va elektron darslikning farqini aytib bering. Elektron o`quv qo`llanma nima? Elektron uslubiy qo`llanma nima? Elekrton o`quv qo`llanma bilan elektron uslubiy qo`llanmaning farqini tushuntirib bering. Elektron nashr nima? Elektron kutubxona nima? “Standart” so`zi qanday ma’noni anglatadi? DTS qanday me’yoriy hujjat va u ta’limda nimalarni belgilaydi? DTS tarkibiy tuzilishini aytib bering. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling