Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Reja


Download 27.04 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1608411
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu ma\'ruzasi

Uslubiy qо‘llanma – о‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda mashg‘ulot maqsadi, mazmuni, uni о‘qitish texnologiyasi, didaktik vositalar va ulardan foydalanish usullari, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar hamda qо‘shimcha topshiriqlar bayon qilinadigan, amaliyotlarni tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha kо‘rsatma va yо‘riqnomalar keltirilgan (ta’lim muassasalarining uslubiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan) nashr.
Uslubiy kо‘rsatma – muayyan fanning о‘quv dasturi bо‘yicha kurs ishlari (loyihalar), laboratoriya, amaliy va mustaqil ishlarni, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini bajarish tartibi mazmuni va metodikasi aniq, batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bо‘yicha talabalarda zarur amaliy kо‘nikmalar hosil qilishga mо‘ljallangan (ta’lim muassasasining uslubiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan) kichik adadli nashr.
Elektron ta’lim resurslariga fan buyicha yaratilgan elektron darslik, о‘quv qо‘llanma, kо‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga о‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, о‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi.
Elektron darslik – fanning о‘quv hajmini tо‘liq qamragan va masofaviy о‘qitish hamda mustaqil о‘rganish uchun kompyuter tsxnologiyalariga asoslangan, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid о‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarali о‘zlashtirishga mо‘ljallangan bо‘lib:

  • о‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

  • о‘quv materiallar verbal (matn) va ikki о‘lchamli grafik shaklda;

  • multimedia (kо‘p axborotli) elementlari, ya’ni ma’lumot ikki-uch о‘lchamli grafik kо‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;

  • taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.


Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling