Mavzu: Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Reja
Download 27.04 Kb.
|
6-Mavzu ma\'ruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual stendlar
- Elektron о‘quv nashri
- Elektron kutubxona
Elektron о‘quv qо‘llanma – fanning о‘quv hajmini qisman yoki tо‘liq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini о‘z ichiga olgan bо‘lib, masofaviy о‘qitish va mustaqil о‘rganish uchun mо‘ljallangan о‘quv manbai.
Elektron uslubiy qо‘llanma – pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qо‘llanmada pedagogik tajriba mashg‘ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga о‘girilgan shaklda yaratilgan talabalar ishlarini darslar bо‘yicha rejalashtirilgan shaklida kо‘rsatiladi. Virtual stendlar - haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarlarning elektron modeli Multimediyali vositalar - turli tipdagi axborotlarni va jarayonlarni matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va virtual muxitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirilgan va jarayonli kо‘rinishda amalga oshirishning kompyuterli vositasi. Elektron о‘quv nashri - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, kо‘nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy-amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan о‘quv materialga ega bо‘lgan elektron nashr. Gipermatn - elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog‘lanishlar tizimi bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga darhol о‘tish imkoniyatlari oldindan berilgan matn. Elektron kutubxona - talaba hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, tо‘liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir. Elektron lug‘at - an’anaviy «qog‘ozli» lug‘atga mos keluvchi elektron axborot manbai. Kompyuter versiyada sо‘z yoki sо‘zlar guruhiga maxsus ajratilgan kо‘rsatma bilan istalgan dasturdan chaqarilishi mumkin. An’anaviy lug‘atlardan farqli ravishda elektron lug‘at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obyektlarning butun spektrlarini о‘z ichiga olishi mumkin. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling