Мавзу: Металлар технологияси асослари


Pо‘lat qizdirilganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

Pо‘lat qizdirilganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar 
Pо‘latni termik ishlash Fe-Fe
3
C tizimining holat diagrammasiga asoslanadi. 
Shuning uchun bu diagrammaning pо‘latlarga oid qismini keltirib о‘tamiz (25 - 
rasm). 
25 - rasmda tasvirlangan diagrammadan kо‘rinib turibdiki, Ac
1
nuqtadan 
(727 
0
S) pastda evtektoiddan oldingi pо‘latlar perlit bilan ferrit donalaridan, 
evtektoid pо‘lati perlit donalaridan, evtektoiddan keyingi pо‘latlar esa perlit 
donalari bilan sementitdan iborat. Termik ishlaganda pо‘latni qizdirishdan maqsad 
- unda austenit strukturasini hosil qilishdir. 


136 
25 - rasm. Fe-Fe
3
C holat diagrammasining pastki chap (pо‘latlarga oid) 
qismi. 
Pо‘lat qizdirila borganda unda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan 
tanishamiz. Evtektoiddan oldingi, masalan, tarkibida 0,4% uglerod bо‘lgan pо‘lat 
(26 - rasm, 1-1) qizdirilganda a (As
1
) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, 
ferrit esa о‘zgarmaydi, a nuqtadan v nuqtaga tomon ferrit austenitda eriy boradi, 
harorat v nuqtaga yetgach (As
3
), ferritning juda kо‘p qismi austenitda erigan 
bо‘ladi. v nuqtadan yuqorida esa pо‘lat faqat austenitdan iborat bо‘ladi. Ferritning 
hammasini austenitda eritish va austenit strukturasini bir jinsli qilish uchun pо‘latni 
kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirish va shu haroratda ma’lum vaqt 
tutib turish kerak. Pо‘lat kritik nuqtadan qanchalik yuqori haroratgacha qizdirilsa
shu haroratda tutib turish vaqti shunchalik qisqa bо‘ladi. Ammo, harorat 
kо‘tarilaversa, austenit donalari yiriklasha boradi, pо‘lat sovitilganda hamma 
donalar yirikligicha qoladi. Pо‘latni termik ishlashda esa hamma vaqt pо‘lat 
donalarini maydalashga harakat qilinadi, chunki mayda donali pо‘latning mexanik 
xossalari yirik donali pо‘latnikidan ancha yaxshi bо‘ladi. 
Endi, evtektoiddan keyingi pо‘latlar qizdirilganda ularda bо‘ladigan 
о‘zgarishlarni kо‘rib chiqaylik. Misol tariqasida tarkibida 1,2 % uglerod bо‘lgan 
pо‘latni olamiz (26 - shakl, II-II). Bu pо‘lat qizdirilganda d (As
1
) nuqtada perlit 
austenitga aylana boshlaydi, sementit esa о‘zgarmaydi. d nuqtadan s nuqtagacha 
sementit austenitda eriy boradi, harorat s (Asm) nuqtaga yetgach sementitning juda 
kо‘p miqdori austenitda erigan bо‘ladi, s nuqtadan yuqorida esa pо‘latning 
strukturasi faqat austenitdan iborat bо‘lib qoladi. Evtektoiddan keyingi 
pо‘latlarning strukturasi faqat austenitdan iborat bо‘lishi uchun ular Acm kritik 
nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirilishi va shu haroratda ma’lum vaqt tutib 


137 
turilishi lozim, ammo haroratni keragidan oshirib yuborish yaramaydi, aks xolda 
pо‘lat donalari yiriklashib ketadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling