Мавзу: Металлар технологияси асослари
Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Austenitning uzliksiz sovitilishida parchalanishi
Austenitning parchalanishi pо‘lat uzliksiz sovitilganda ham Ac 1 kritik nuqtadan pastroq haroratgacha tez sovitilib (о‘ta sovitilib), shu haroratda tutib turilganda ham sodir bо‘ladi. Austenit Ac 1 nuqtadan pastroq haroratgacha о‘ta sovitilib shu haroratda tutib turilganda uning parchalanishi austenitning izotermik parchalanishi deb ataladi. Pо‘lat Ac 1 kritik haroratdan pastroq haroratgacha tez sovitilib, shu haroratda tutib turilganda perlitning kristallanish markazlari hosil bо‘ladi va ulardan kristallar о‘sa boshlab, oqibatda perlit donalari hosil bо‘ladi. Bu donalarning katta- kichikligi о‘ta sovish darajasiga bog‘liq. О‘ta sovitilgan austenitning izotermik (о‘zgarmas haroratda) parchalanishini diagramma tarzida ifodalash mumkin 138 rasm. Austenitning izotermik parchalanish diagrammasi. Shakldan kо‘rinadiki, 800 0 S gacha qizdirilgan austenit taxminan 700 0 S gacha tez sovitilib, shu haroratda tutib turilsa, u perlitga aylanadi, ya’ni ferrit bilan sementitning mexanik aralashmasi hosil bо‘ladi. Austenit taxminan 630 0 S gacha 60-70 grad/s tezlik bilan uzluksiz о‘ta sovitilib va shu haroratda tutib turilganda ham austenit perlitga aylanadi, ammo bu perlitning donalari 700 0 S da hosil bо‘lgan perlitnikidan mayda, qattiqligi ancha yuqori bо‘ladi (NV = 380-400). Bunday perlit sorbit deb ataladi. Austenit taxminan 500 0 S gacha (80 - 100 grad/s) tezlikda о‘ta sovitilib, shu haroratda tutib turilsa, donalari sorbitnikidan ham mayda perlit hosil bо‘ladi. Bu perlit troostit deb ataladi. Troostitning qattiqligi NV = 390-400 oralig‘ida bо‘ladi. Demak perlit, sorbit, troostit strukturalarining barchasi ferrit-sementit aralashmasidan iborat bо‘lib, ular bir-biridan donalari о‘lchamlari bilan farqlanadi (28- rasm). 139 28 - rasm. a) perlit (x500), b) sorbit (x500), v) troostit (x10 000) strukturalari. Austenit 150 0 S/s tezlik bilan suvda sovitilsa parchalanishga ulgurmaydi. Sovish tezligi katta bо‘lganda diffuzion jarayonlar tо‘xtaydi, lekin g→b polimorf о‘zgarish sodir bо‘ladi. Natijada austenitda erigan hamma uglerod ferritda qolib, tо‘yingan qattiq eritma hosil bо‘ladi. Harorat taxminan 240 0 S ga tushganda austenit martensit deb ataladigan strukturaga aylana boshlaydi. Ana shu harorat austenitning martensitga aylana boshlash harorati deb ataladi. Martensitga parchalanishda boshlang‘ich va oxirgi fazalar miqdori о‘zgarmaydi, agregat kо‘chish natijasida faqat kristall panjara qayta quriladi (diffuziyasiz jarayon). Martensit tayoqchalari (plastinkalari) oldingi donachalar о‘rnida parallel yoki bir- biriga nisbatan 50 0 hamda 120 0 burchak ostida joylashishi ham mumkin. Bu parchalanish juda katta tezlikda boradi va kristallarning о‘sish tezligi ham katta bо‘ladi. (10 3 m/sek). Parchalanish davomida kristall katakcha atomlari о‘z о‘lchamlaridan kamroq masofaga bir vaqtda siljish natijasida atom panjaraning turi о‘zgaradi (agregat kuchish sodir bо‘ladi). Martensit hosil bо‘lish jarayoni о‘zining boshlanish (M B ) va tamom bо‘lish (M t ) haroratiga ega. Agar shu oraliqda 140 harorat о‘zgarmasa (ya’ni sovish rо‘y bermasa), parchalanish ham tо‘xtab qoladi. Lekin perlitga parchalanishda harorat о‘zgarmay qolganda ham jarayon davom etadi. Shu jihatdan martensitga parchalanish perlitga parchalanishdan farq qiladi. Legirlangan pо‘latlardagi uglerod miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, diffuziya jarayoni shunchalik sekin boradi, natijada martensitga parchalanish harorati oddiy haroratdan ancha kichik bо‘ladi. Shuning uchun strukturada materialning hajmi bо‘yicha parchalanmay qolga qoldiq austenit (A qol ) bо‘ladi. Martensitning hajmi katta bо‘lganligi uchun namuna deformatsiyaalanishi ham mumkin. Demak, martensit uglerodning b-temirdagi tо‘yingan qattiq eritmasidir, uning donalari ninalarga о‘xshash, juda ham yupqa plastinkalardan iborat (29 - rasm), qattiqligi esa HB (600-650) oralig‘ida bо‘ladi. a) b) 29- rasm. Plastinka (a) va tayoqcha (b) shaklidagi martensitning mikrotuzilishi Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling