Мавзу: Металлар технологияси асослари
Keskich burchaklari va ularni tanlash
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Keskich burchaklari va ularni tanlash
Keskichning barcha burchaklari asosiy, yordamchi va plandagi burchaklarga bо‘linadi. Keskichning asosiy burchaklari keskich asosiy kesuvchi qirrasining asosiy tekislikka tushirilgan proeksiyasiga perpendikulyar bо‘lgan asosiy kesuvchi tekislikda о‘lchanadi. Keskichning asosiy ketingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidai burchakka asosiy ketingi burchak deb ataladi va a bilan belgilanadi. YO’nalayotgan yuzaning keskichning ketingi yuzasiga ishqalanishini kamaytiradi va kesish jarayonini yengillashtiradi. a = 6...12 0 qilib olinadi. Keskichning oldingi yuzasi bilan asosiy ketingi yuzasi orasidagi burchak о‘tkirlik burchagi deb ataladi va v bilan belgilanadi. v=54…94 0 oralig‘ida bо‘ladi. О‘tkirlik burchagining kichraytirilishi kesishga kо‘rastilayotgan qarshilikni qamaytiradi, natijada qirindi oson ajraladi, ammo keskichning puxtaligi pasayadi. Kesish tekisligiga perpendikulyar holada asosiy kesuvchi qirra orqali о‘tkazilgan tekislik bilan keskichning oldingi yuzasi orasidagi burchakka oldingi burchak deb ataladi va g bilan belgilanadi. mо‘rt va qattiq materiallar uchun g = +5 dan -10 0 gacha qovushoq yumshoq materiallar uchun +30 0 gacha qilib olinadi. Keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchakka kesish berchagi deyilib d bilan belgilanadi. d = b+v. Kesish burchagi kesish jarayoniga katta ta’sir kо‘rsatadi, chunki asosiy kesish kuchi ana shu burchakka bog‘liqdir. d qancha kichik bо‘lsa, bu kuch shunchalik kam bо‘ladi, keskich tez yeyiladi, keskich kallag‘ining sinishiga sabab bо‘ladi. Qattiq va mо‘rt materiallar yonishda d burchagi katta bо‘lgan keskichdan, yumshoq vav qovushoq materiallarni yonishda d burchak kichik bо‘lgan keskichdan foydalaniladi. (d = 60…100 0 oralig‘ida bо‘ladi). Yordamchi kesuvchi qirra dorqali asosiy tekislikka perpensikulyar holda о‘tkazilgan tekisli bilan yordamchi ketingi yuza orasidagi burchakka yordamchi ketingi burchak deb ataladi va a1 bilan belgilanadi. a 1 ning qiymati ariqcha yo’nish va kesib tushirish keskichidan boshqa barcha keskichlar uchun a burchagi kabi olinadi. Ariqcha yo’nish va kesib terish keskichlari uchun a 1 = 1...2 0 qilib olinadi. Asossiy kesuvchi qirraning asosiy tekislikka tushirilgan proeksiyasi bilan bо‘ylama surish yo’nalishi orasida burchakka plandagi asosiy burchak deb ataladi va s bilan belgilanadi. plandagi asosiy burchakning qiymati ish turiga, zagatovka materialining qattiqligiga va dastgohning bikrligiga qarab tanlanadi. Plandagi 150 asosiy burchakning kichik bо‘lishi kesish tezligini oshirishga imkon beradi, ammo zagatovka о‘ziga qо‘yilgan kuchlar ta’sirida titraydi va egiladi. s ning qiymati 30, 45, 60, 75, 90 0 ga teng qilib olinadi. Yordamchi kesuvchi qirraning asosiy tekislikka tushirilgan proeksiyasi bilan bо‘ylama surishga teskari yo’nalish orasidagi burchakka plandagi yordamchi burchak deyiladi va s 1 bilan belgilanadi. s 1 burchagi keskichning yordamchi ketingi yuzasining zagatovkani yo’nilgan yuzasiga ishqalanishi kamaytiradi. s1 ning ortish keskich kallagini zaiflashtiradi. s=5...30 0 oralig‘ida olinadi. Kesuvchi qirralarning asosiy tekislikka tushirilgan proeksiyalari orasidagi burchak keskich uchining plandgi burchagi deyiladi va ye bilan belgilanadi. ye = 180 0 – (s 1 - s); s + s 1 + ye = 180 0 Keskichning uchi orqali asosiy tekislikka parallel holda о‘tkazilgan chiziq bilan asosiy kesuvchi qirra orasidagi burchak asosiy kesuvchi qirraning qiyalik burchagi deyiladi va l bilan belgilanadi. bu burchakning vazifasi qirindi chiqishini yaxshilash va keskich turg‘unliginii oshirishdan iborat. l musbat bо‘lganda kirindi detallning yo’nilgan yuzasi tomonchifqadi, bunga esa tozalab yo’nishda yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. Tozalab yonishda l 0 dan -40 gacha qilib, xomaki yo’nishda l 0 dan +50 gacha qilib olinadi. Ish vaqtida keskich uchining yo’nalayotgan yuzaga zarb bilan urilishi asbobning tez yeyilishiga sabab bо‘ladi. Buday hollarda l ning qiymati +100...250 gacha bо‘lgan keskichlar ishlatiladi. Asosiy kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraning tutashuv jayida egrilik radiusi (r) bо‘ladi. (r = 0,5...3 mm) dan oshsa, titrash hosil bо‘lib, ynilgan yuzaning sifati pasayadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling