Мавзу: Металлар технологияси асослари
Metall va qotishmalarning xossalari
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Metall va qotishmalarning xossalari.
Texnikaviy talablarga javob beradigan quymalar olish uchun qо‘llaniladigan qotishmalar suyuq holatda oquvchan, kam kirishuvchan, bir tekis strukturali, materialmas qо‘shimchalardan xoli bо‘lishi va suyuqlanish temperaturasi u qadar yuqori bо‘lmasligi kerak. a) Qotishmaning suyuq holatda oquvchanligi yuqori bо‘lsa ayniqsa yupqa devorli quymalar olish mumkin. Bu xossa maxsus spiral yordamida о‘lchanadi. Sinaladigan qotishmani bu qolipga quyib, olingan quymaning (spiralning) 144 uzunligiga qarab, metallaning oquvchanligi aniqlanadi. Qotishmaning suyuq holatda oquvchanligi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. S, Si, Mn, Ni, P - qotishmaning suyuq holatda oquvchanligini oshiriladi, Cr va S esa kamaytiradi. b)Qotishmaningqkotishidagi hajmiy kirishuvi - uning kimyoviy tarkibiga, sovish tezligiga va qolipga quyilgan vaqtdagi temperaturasiga bog‘liq. (0,5…3%). %; 100 1 ℓ 1 -modelning hajmi sm 3 ; ℓ-quymaning hajmi, sm 3 . Quymakorlik qotishmalari (shixta materiallari) a) CHо‘yan kuymalar; b) Pulat kuymalar; v) rangli metallar kotishmalaridan olinadigan kuymalar. a) CHо‘yan quymalar: - Traktor va avtomobillarning ichki yonuv dvigatellari silindrlarining bloklari, uzatmalar qutilarining korpuslari, sirpanish va tebranish podshipniklarining korpuslari; radiatorlar, qozonlar, vannalar, trubalar va boshqalar. Bu maqsadlar uchun kulrang chо‘yandan foydalaniladi. b) Pulat kuymalar – puxtaligi, plastikligi va zarbiy qovushoqligi yuqori bо‘lishi talab qilinadigan quyma detallar olish uchun qо‘llaniladi. Pо‘latning suyuq holatda oquvchanligi chо‘yannikiga nisbatan kam. Shuning uchun uni qolipga quyishdan odin yuqoriroq tumperaturagacha qizdirish kerak. Qolip va sturjen materiallari (pо‘lat quymalar olish uchun) yuqori puxtalikka, gaz о‘tkazuvchanlikka, о‘tga chidamlilikka va beriluvchanlik xossalari yuqori bо‘lishi kerak. Quymakorlik pо‘lati tarkibi: C ≤ 0,6%, Si ≤ 0,37%, Mn ≤ 0,8%, P va S –juda kam bо‘lishi kerak. Rangli kotishmalarga bronzalar (Cu+Sn, Al, Ce), latunlar (Cu+Zu), babbitlar, alyuminiy qotishmalari kiradi. Babbit - oson suyuqlanuvchi (oq) antifriksion qotishmalardir (Pb-Sn- Sb, Sn-Sb, Pb-Sb…). Podshipnik vkladishlarining ichki sirtiga qо‘yish uchun foydalaniladi. Bosmaxona qotishmalari: - Shrift tayyorlash uchun: Pb - 73…77%; Sb - 20…23%; Sn - 2…4%. - Mashinada tekst va shrift quyish uchun: Pb - 76…84%; Sb - 11,5…16,5%; Sn - 2…7%. Bronza - qalayli va maxsus (qalaysiz) bronzalarga bо‘linadi. Quyma bronzalarga Br.AJ9-4L, Br.OF10-1 kabi markalar kiradi. Bu bronzalardan vint, vtulka, cherviyak va boshqalar tayyorlanadi. 145 Laturnlar. Quyma latunlar (LK80-3L, LKS80-3-3, LMUJ52-4-1 va boshqalar) ning oquvchanligi yuqori bо‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchan va antifriksion xossaga ega bо‘ladi. Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, cherviyakli vintlarning zagotovkalari qoliplarga quyish yо‘li bilan tayyorlanadi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling