Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
Reja:
1. Metallarni bosim bilan islash usullari. 2. Kesish jarayoning turlari. Keskich, uning qismlari va elementlari. 3. Keskich burchaklari va ularni tanlash. Kesuvchi asboblar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. 4. Kesish jarayonining asosiy elementlari 5. Materiallarni payvandlash usullari. 6. Metallarni metal elektrod bilan elektr yoy yordamida payvandlash. Metallarni bosim bilan ishlash usullari Mashinasozlik sanoatida metallarni bosim bilan ishlashning quyidagi usullari keng tarqalgan: 1. Prakatlash. Bunda zagavotka prakatlash mashinasining qarama- qarshi tomonga ayanuvchi silindirak juvalari orasidan ezib о‘tkazib ishlanadi. Bunda zagavotkaning kо‘ndalang kesim yuzasi kichrayib, buyiga uzayadi. bu usulda listlar, polosalar, chiviqlar, turli profilli mahsulaotlar tayyorlanadi. 2. Kiryalash. Bunda zagotovka uning kо‘ndalang kesimidan kichik bо‘lgan kirya-asbob teshigidan (kо‘zidan) tortib о‘tkaziladi. Bu usulda turtli diametrdagi chiviqlar, simlar, yrubalar, va profilli boshqa maxsulotlar tayyorlanadi. 3. Preslash. Bunda zagotovka xavol silindrik konteynerga kiritilib, uning matritsa deb ataluvchi asbobi kо‘zidan puanson yordamida siqib chiqariladi. Bu usulda turli о‘lchamli chiviqlar, trubalar va profilli boshqa maxsulotlar tayyorlanadi. 4.Bolg‘alash. bunda kо‘pincha zarur temperaturada qizdirilgan zagotovkani bolg‘aning pastki boyoq muxrasiga (dastaki bolg‘alashda sandonga) qо‘yib, bolg‘aning ustki boyoq muxrasi bilan zarblanadi. Bu usulda bal, shatun, tishli g‘ildirak va boshqa detallarning chala maxsulot(pokovka) lari olinadi. 5.Shtamplash. Bunda kо‘pincha zarur yemperaturagacha qizdirilgan zagotovka shtampning pastki palla bо‘shlig‘iga qо‘yilib, bolg‘a babasiga о‘rnatilgan shtampning ustki pallasi bilan zarblanadi. Bunda zagotovka deformatsiyaalanib shtamp bо‘shlig‘ini tо‘ldiradi. Bu usulda turli shaklli maxsulotlar (tishli g‘ildirak, tirsakli va boshqa zagotovklar) olinadi. 6.List shtamplash. Bunda list, lentalardan tayyorlangan zagotovkani matritsa-asbobga о‘rnatib, puanson bilan ezgan xolda matritsa kо‘ziga kiritib kutilgan shaklga keltiriladi. bu usulda skoba, qopqoq, avtomobil qanotlari va boshqa detallar tayyorlanadi. Metallarni prokatlash. Statistik ma’lumotlardan ma’lumki, ishlab chiqarilayotgan pо‘latlarning 80% dan ortiqrog‘i, rangli metallarning 40-50% prokatlanadi. Metallarni prokatlashning quyidagi usullari mavjud: 147 a) Vо‘ylama prokatlash. Bu usulda zagotovka prokat stanining qarama-qarshi tomoniga aylanuvchi juvalari orasidan ezib о‘tkazilib ishlanadi. Natijada uning kо‘ndalang kesimi kichrayib, uzunligi ortadi. Agar listlar prokatlanadigan bо‘lsa, prokat staning juvalari silliq, turli profillar prokatlanadigan bо‘lsa, о‘yiqli bо‘ladi; b)Kо‘ndalangiga prokatlash. Bu usulda zagotovka prokat staning bir tomonga aylanuvchi juvalari orisidan ezib о‘tkazilib ishlanadi. Bunda zagotovka juvalarning aylanishi tomonga qarama-qarshi aylanib, bо‘ylama о‘qga tik yo’nalishda plastik deformatsiyaalana boradi. Kо‘ndalangiga prokatlashda о‘zaro ma’lum burchak ostida о‘rnatilgan juvalarning bir tomonga aylanishida zagotovka ular orasidan ezib о‘tkazilib ishlanadi. Bunda zagotovka juvalar aylanishi tomonga qarama-qarshi aylanib, ilgarilanma harakatlanadi. Bu usulda gilzalar, ulardan esa trubalar tayyorlanadi. Kiryalash. Bu usul prokatlash yо‘li bilan tayyorlab bо‘lmaydigan ingichka simlar, murakkab profilli detallar (masalan, shakldor shponkalar, reflangan juvalar, trolleybus simlari, yupqa devorli trubalar) ishlab chiqarishda qо‘llaniladi. Ular rangli hamda qora metallar va ularni qotishmalaridan olinadi. Bunda chiviq-zagotovkalar kirya-asbob kо‘zi (teshigi) dan tortib о‘tkaziladi va olingan mahsulot kо‘ndalang kesimi butun uzunligi bо‘yicha kirya kesimining shakliga о‘tadi. Agar kesimi ancha kichik mahsulotlar tayyorlash zarur bо‘lsa, zagotovkalarni bir necha bor kiryalar kо‘zidan о‘tkazib ishlanadi. Kiryalashda metallar kо‘pincha soviqlayin ishlanishi oqibatida puxtalanadi, keyingi ishlov berishda uzilmasligi uchun yumshatiladi. Kiryalash kuchining qiymati zagotvoka materialiga, о‘lchamiga, deformatsiyaalash darajasiga va boshqa omillariga bog‘liq. Odatda kiryalash kuchi qiymati quyidagi formila bо‘yicha aniqlanadi: P=K F b H (kg), bu yerda K-kiryalash keoffisenti (masalan, pо‘latlarni kiryalash uchun K=0,5-0,7); F-kirya teshigining kо‘ndalang kesim yuzasi, mm 2 ; b -materialning chо‘zilishga kо‘rsatadigan vaqtli qarshiligi, Pa( kgk / mm 2 ). Amalda kiryalash kuchini kamaytirish uchun kirya kо‘zining zagotovka bilan tegish yuzasi mineral moy bilan moylab turiladi. Materiallarni kiryalashda о‘rtacha nisbiy deformatsiyaalanish darajasi materialning xiliga qarab turlicha olinadi. Masalan, pо‘latlarni kiryalashda 10-18%, rangli metallarni kiryalashda 20-35%. Presslash. Presslash yо‘li bilan materiallardan turli xil mahsulotlar tayyorlash uchun uni presslash mashinasining konteyneri ( havol silindriga ) kiritib matritsa deb ataluvchi asbob kо‘zidan siqib chiqariladi. Tayyorlanadigan maxsulotning kо‘ndalang kesimi matritsa kо‘zining kesimiga mos bо‘ladi. Bu 148 usulda rangli metall qotishmalardan, pо‘latlardan diametri 20-400 mm gacha, devor qalinligi 1,5 - 12 mm gacha bо‘lgan trubalar va boshqa har xil profilli maxsulotlar tayyorlanadi. Presslash yо‘li bilan maxsulotlar olishda amaldakо‘proq gidravlik press;ardan foydalaniladi, chunki bularning konstruksiyasi oddiy bо‘lib, tezligi tez rostlanadi. Gidravlik gorizontal presslarning presslash kuchi 600-60000 t, vertikallariniki 300-100 t dir. Bolg‘alash. Bu usulda asosan, plastik holatgacha qizdirilgan metallar turli asboblar bilan zarbalab yoki presslab kutilgan shakl va о‘lchamdagi mahsulotlarga aylantiriladi. Metallarni erkin bolg‘alash usuli mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab dastaki va mashinalarda bolg‘alash hamda presslash turlariga ajratiladi. Dastlabki bolg‘alashda mayda pokovkalar olinib, temirchiqizdirilgan metall zagotovkaning bir uchini qisqich bilan qisgan holda sandonga quyib, bolg‘acha bilan urib bosqon bilan sandonga quyib, bolg‘acha bilan urib bosqon bilan urish joyini shogirdiga kо‘rsatadi. Operatsiyalarni bajarishda turli asboblardan (sumba, zubilo, tekislagich va boshqalar) foydalaniladi. Bu usulda olingan mahsulot pokovka deyiladi. Uning sifati temirchi malakasiga bog‘liq bо‘lib, ish unimdorligi juda pastdir. Shu sababli bu usuldan tuzatish ustaxonasida foydalaniladi. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling