Мавзу: Металлар технологияси асослари


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

SaSO
4
 2N
2
O = SaSO
4
 0,5N
2
O + 1,5N
2
O. 


21 
Qurilish gipsi, qolipbop va о‘ta mustahkam gipslar past haroratda olinadi. 
Qurilish gipsi oq yoki och kulrang modda bо‘lib, uning rangi tarkibidagi 
aralashmalarga bog‘liqdir. Qotish muddatiga kо‘ra qurilish gipsi 3 guruhga 
bо‘linadi.
A- tez qotadigan (2-15 minutda);
B- normal qotadigan(6-30 minutda); 
V- sekin qotadigan (30 minutdan sо‘ng). 
Mustahkamligi bо‘yicha barcha gipslar 12 xil (G-2...G-25) markaga
ajratiladi.
Gips toshidan yuqori haroratda (600-900
0
S) pishirib olingan mahsulot 
suvsiz gips deyiladi. U qurilish gipsiga qaraganda sekinroq qotadi, siqilishga 
mustahkamlik chegarasi 10-20 MPa. Suvsiz gips suvoq qorishmalari va sun’iy 
marmar tayyorlashda ishlatiladi. О‘zbekistonda gips Quvasoy, Kogon va 
Angrendagi maxsus korxonalarda ishlab chiqariladi. 
3.4. Portlandsement ishlab chiqarish 
 Portlandsement klinkeri (yirikligi 10-60 mm oraliqda bо‘lgan bо‘laklar) 
oxaktosh va gilni yoki ularning tabiiy aralashmasi bо‘lgan mergel toshlarini 
maxsus pechlarda 1300-1500
0
S haroratda pishirish yо‘li bilan olinadi. Klinkerni 
maxsus tegirmonlarda oz miqdordagi gips bilan birgalikda tuyib, solishtirma yuzasi 
3000 sm
2
/g va undan yuqori bо‘lgan kukun – portlandsement hosil qilinadi. 
Portlandsement tarkibiga shuningdek 10 % gacha aktiv mineral moddalar va 
ma’lum miqdorda sement xossalarini rostlovchi qо‘shimchalar (suyultiruvchi, 
qotish muddatini tezlatuvchi yoki sekinlashtiruvchi va sh.о‘.) kiritilish mumkin. 
Portlandsement Angliyada kashf etilgan. 1824 yilda Jozef Aspdin oxak va gil 
qorishma pishirib va tuyib bog‘lovchi (portlandsement) olish bо‘yicha birinchi 
patentni olgan. Bungacha Rossiyada mergel toshini kuydirib romansement olish 
usuli ma’lum bо‘lgan. Rossiyada ilk bora sement olish texnologiyasi bilan V.M. 
Severgin va YE. Cheliyevlar shug‘ullanishgan. 
Sement klinkeri hо‘l yoki quruq usullarda tayyorlanadi. Amaliyotda kо‘proq 
hо‘l usul qо‘llaniladi. Xо‘l usul qо‘llanilganda xomashyoni pishirishdan oldin u 
shlam holiga keltiriladi. Xomashyoni pishirish silindrsimon shakldagi aylanuvchi 
pechlarda amalga oshiriladi. Zamonaviy pechlarning uzunligi 185-230 m gacha 
boradi. Bugungi kunda portlandsement asosan 400, 500, 550 va 600 markalarda 
ishlab chiqariladi. Markalanishdagi son sementning kafolatlangan mustahkamlik 
kо‘rsatkichini bildiradi. 
Portlandsementning haqiqiy zichligi 3,0 – 3,1 g/sm
3
atrofida, о‘rtacha 
zichligi sementning zichlanish darajasiga bog‘liq. Tо‘kma holatda bu zichlik 
odatda 960 – 1300 kg/m
3
oraliqda, zichlangan holatda –- 1600 – 1840 kg/m

atrofida bо‘ladi. 
Suv bilan aralashtirilgan sement plastik holatdagi xamirni hosil qiladi. 
Sementning suvga bо‘lgan ehtiyoji normal (meyoriy) quyuqlik deb ataladigan 
kо‘rsatkich orqali baholanadi. Bu kо‘rsatkich DST 310.3-76 ga muvofiq Vika 
pribori (3.1-rasm) yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi: 


22 
1. Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, hо‘l latta bilan 
artilgan yoysimon metall kosaga solinadi, sementning о‘rtasi о‘yilib, hosil bо‘lgan 
chuqurchaga meyoriy quyuqlikni ta’minlash uchun chamalangan suv quyiladi. 
2. Suv quyilgan chuqurcha pо‘lat kurakcha yordamida sement bilan 
tо‘ldiriladi va 30 soniyadan keyin ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi, hosil bо‘lgan 
xamir kurakcha yordamida iylanadi. Xamir qorish va iylash jarayoni suv quyilgan 
vaqtdan boshlab 5 daqiqani tashkil etishi lozim. 
3. Qorilgan xamir shisha plastina ustidagi xalqaga bir yо‘la joylanadi, bunda 
xalqani plastinaga bosib turgan holda 5 – 6 marta silkitish, plastinani stolga sekin-
asta urish lozim
4. Sement xamirining ortiqchasi hо‘l latta bilan artilgan pichoqda sidirib 
tashlanadi. Xalqa plastina bilan birga Vika asbobi sterjeni tagiga qо‘yiladi, metall 
pestik halqaning qoq о‘rtasi bо‘ylab xamirga tekkiziladi. Shundan keyin qisish 
vinti burab bо‘shatiladi va 30 soniyadan sо‘ng pestikning (metall sopchaning) 
xamirga botish chuqurligi Vika asbobidagi shkala bо‘yicha aniqlanadi. Agar 
pestikning uchi shisha plastinaga 5—7 mm yetmay tо‘xtasa, sement xamirining 
meyoriy quyuqligi ta’minlangan bо‘ladi. Agar xamirga botirilgan pestik 5—7 mm 
dan balandroqda tо‘xtasa, tajribani takrorlash uchun xamirga kо‘proq suv qо‘shish, 
aks xolda kamroq suv qо‘shish lozim. Sementning normal (meyoriy) quyuqligi 
sinov talablariga javob beradigan xamirdagi suv-sement nisbati bо‘yicha 
baxolanadi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling