Мавзу: Металлар технологияси асослари
Download 6.51 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Mineral bog‘lovchilar va ularning tasnifi
Nazorat savollari:
1. Tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoitiga kо‘ra qanday guruhlarga bо‘linadi? 2. Magmatik tog‘ jinslari deganda nimani tushunasiz? 3. CHо‘kindi tog‘ jinslari qanday hosil bо‘lgan? 4. Metamorfik (о‘zgargan) tog‘ jinslarining asosiy xususiyatlarini eslang. 5. Tabiiy tosh materiallarining fizikaviy xossalariga nimalar kiradi? 6. Tabiiy tosh materiallarining mexanik xossalari kо‘rsatkichlarini eslang. 7. Qurilishda tabiiy tosh materiallari va buyumlarining qanday turlaridan foydalaniladi? 8. Devor toshlari va bloklari qanday tog‘ jinslaridan tayyorlanadi? 9. Qoplama toshlar va plitalar qanday usullarda tayyorlanadi? 3-MAVZU: MINERAL BOG‘LOVCHI MODDALAR Reja: 3.1. Mineral bog‘lovchilar va ularning tasnifi 3.2. Xavoiy va gidravlik oxak 3.3. Gips bog‘lovchilar 3.4. Portlandsement ishlab chiqarish va turlari 3.5. Sementlarni tashish va saqlash 3.6.Mahalliy bog‘lovchi moddalar Tayanch tushunchalar: mineral bog‘lovchilar, havoiy va gidravlik oxak, gips bog‘lovchilar, portlandsement, toshqol portlandsement va pussolon portlandsement, 3.1. Mineral bog‘lovchilar va ularning tasnifi Suv bilan aralashtirilgandan sо‘ng plastik massa holatidan asta-sekin qotib toshsimon holatga о‘tadigan kukunsimon materiallar mineral bog‘lovchilar 19 deyiladi. Ular beton, qurilish qorishmalari, mastikalar va turli sun’iy konglomeratlarning asosini tashkil etadi. Pishirilmagan gil inson tomonidan ishlatilgan eng birinchi mineral bog‘lovchi bо‘lsa, keyinchalik insoniyat tog‘ jinslarini pishirish yо‘li bilan gips va oxak olishni о‘rgandi. Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil ilgari sun’iy yо‘l bilan hosil qilingani ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda oxak qorishmasi va gidravlik qо‘shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar Qadimgi vaqtlardan Xozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Eramizdan oldingi tо‘rtinchi asrda qurilgan Qadimgi Xorazm chor atrofidagi qalin devorlar va minoralarni barpo etishda turli Qо‘shilmalar bilan ganch qorishmasi va gil tuproqlardan pishirilgan yapoloq g‘ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan. Qorishmalarni tayyorlashda Qadimgi о‘zbek Quruvchilari xilma-xil Qо‘shilmalardan keng foydalanganlar. Jumladan, vulqan shishasi, oq gil (kaolin), Xayvon Qoni, tuxum sarig‘i, suyak yelimi, shirali moddalar Qorishmaning mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi modda vazifasini о‘tagan. SamarQanddagi Ulug‘bek madrasasi, Qо‘Qondagi Xudoyorxon saroyini barpo etishda bunday Qorishmalar bilan birga chang-g‘isht Qorishmasidan va oxak-g‘isht Qorishmasidan iborat betonlar Ham ishlatilgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan esa sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi.Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog‘lovchi moddalar izlashni talab etsa, temirbeton konstruksiyalarning Qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish extiyojini tug‘dirdi. Sementning dengiz suvi ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi bо‘lgan sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilindi. Xozirgi vaqtda gidrotexnik va transport inshootlarida, temirbeton buyumlar ishlab chiqarish sanoatida, dengiz va okeanda olib boriladigan qurilishlarda, avtomabil yо‘llari va aerodrom qurilishlarida, neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda, asbestotsement mahsulotlari, о‘tga chidamli beton va boshqalarni ishlab chiqarishda maxsus sementlar ishlatilmokda. О‘zbekistonda, sement sanoatining birinchi tо‘ng‘ich Bekobod sement zavodi ishga tushgan 1926 yildan hozirgacha о‘tgan vaqt ichida bir qancha zamonaviy va tо‘la avtomatlashtirilgan sement zavodlari va qurilish materiallari kombinatlari ishga tushirildi. Respublikamizda qurilish materiallari, ayniksa sement ishlab chiqaruvchi zavodlar yuqori unumli mashina va agregatlar bilan jihozlangan. Qurilish materiallarining «noni» bо‘lgan portlandsementning salmog‘i kun sayin ortib bormokda. Qotish xususiyatlariga kо‘ra mineral bog‘lovchilar havoiy (havoda qotadigan) gidravlik (havoda va suvda qotadigan) va kislotaga bardoshli turlarga bо‘linadi. Xavoiy oxak, gips va magnezial bog‘lovchilar havoiy bog‘lovchilarga kiradi. Gidravlik oxak va sementlar gidravlik bog‘lovchilardir. Kislotaga bardoshli bog‘lovchilar (masalan kvars-kremneftyorli sement) havoda qotgandan sо‘ng uzoq 20 muddat davomida kislota ta’sirida ham о‘z mustahkamligini yо‘qotmaydi. Barcha mineral bog‘lovchilarni olishdagi umumiy texnologik jarayon - bu xom ashyoni pishirishdir. Download 6.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling