Мавзу: Металлар технологияси асослари


О‘rtacha donali chо‘kindi jinslar


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

О‘rtacha donali chо‘kindi jinslar. Bularga, asosan, kattaligi 2 mm dan 
0,05 mm gacha bо‘lgan zarralardan iborat qumlar kiradi. Qumlar atmosfera 
yog‘inlari, oqar suvlar, dengiz va daryo suvlarining geologik ishi hamda 
shamolning ta’siridan hosil bо‘ladi. Shunga kо‘ra ular dengiz, kо‘l daryo
qumlari deb ataladi. Granulometrik tarkibiga kо‘ra qumlar yirik zarrali (2-0,5 
mm), о‘rtacha zarrali (0,5-0,25 mm) va mayda zarrali (0,25-0,05) qumlarga 
bо‘linadi. Yirik va о‘rtacha zarrali q umlar suv ta’sirida, mayda zarrali qumlar esa 
shamol ta’sirida hosil bо‘ladi. 
Mayda donali jinslar 0,05 mm dan 0,001 mm gacha va undan mayda 
zarralardan iborat bо‘ladi. Ular mineral, granulometrik tarkibiga va xususiyatlariga 
qarab gil, lyoss, lyossimon kabi jinslarga bо‘linadi . 
Gilli jinslarga zarrachalarining kattaligi 0,002-0,001 mm dan kichik bо‘lgan 
jinslar kiradi(0,05-0,001 mm-lyoss). 
Kimyoviy va organik chо‘kindi jinslar. Bu turdagi chо‘kindi jinslarga 
kimyoviy jarayonlar va hayvonot hamda о‘simlik dunyosining faoliyati ta’siridan 
hosil bо‘lgan kaolin, boksit, siallit, oxaktosh, diatomit, osh tо‘zi, gips kiradi. 
Kimyoviy va organik chо‘kindi jinslarning kо‘pchiligi suvda hosil bо‘ladi. Ular 
eritmalardagi moddalarning (tuzlarning) chо‘kishdan va suvda yashovchi 
hayvonlarning chо‘kindilaridan va qoldiqlaridan paydo bо‘ladi. Dengiz tubida 
tо‘plangan tuz va hayvon qoldiqlari suv bilan birga oqib kelgan tog‘ jinslarining 
mayda zarralari bilan aralashib va qotib (kristallanib) tog‘ jinsiga aylanadi. 
Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik jinslar chо‘kindi va magmatik 
jinslarning yer pustlog‘ining ma’lum chuqurligida tog‘ jinslarning x arakatlari
kuchli bosim, yuqori xarorat о‘zgarishidan hosil bо‘ladi. Eng kо‘p tarqalgan 
metamorfik jinslarga slanetslar, marmar toshlar va kvarsitlar kiradi. 
Marmar 
oxaktoshning 
metamorfizimga 
uchrashidan 
hosil 
bо‘ladi. 
Qumtoshning о‘zgarishidan kvarsit hosil bо‘ladi. 

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling