Мавзу: Металлар технологияси асослари


 Tog‘ jinslarining turlari


Download 6.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/138
Sana16.11.2023
Hajmi6.51 Mb.
#1778673
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Bog'liq
qurilish materiallari va metallar texnologiyasi (3)

2.2. Tog‘ jinslarining turlari 
Tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoiti, sababi va tarkibiga qarab quyidagi 
guruxlarga bо‘linadi : 
- magmatik tog‘ jinslari (birlamchi); 
- chо‘kindi tog‘ jinslari (ikkilamchi); 
- metamorfik tog‘ jinslari (о‘zgargan). 
Magmatik tog‘ jinslari magmaning (grekcha magma – quyuq maz) yer 
yuzasiga otilib chiqishi yoki uning yer ichkarisida kristallanishidan hosil bо‘ladi. 
CHо‘kindi tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslarining nurashidan hamda 
organizm qoldiqlarining tо‘planishidan hosil bо‘ladi. Nuragan jinslarni atmosfera 
yog‘inlari, oqar suvlar о‘zi bilan birga oqizib, okean va dengiz tubiga yig‘adi. 
Metamorfik (о‘zgargan) tog‘ jinslar magmatik va chо‘kindi jinslarga yuqori
xarorat va kuchli bosim ta’sir qilishi natijasida hosil bо‘ladi. 
Magmatik tog‘ jinslari hosil bо‘lish sharoitiga qarab effо‘ziv va intrо‘ziv 
tog‘ jinslariga bо‘linadi. Effо‘ziv jinslar magmaning yer yuziga oqib chiqib 
qotishdan, intrо‘ziv jinslar esa magmaning yer pо‘stlog‘ida kristallanishidan hosil 
bо‘ladi, bular bir-biridan strukturalarining xar xilligi bilan qiladi. Intrо‘ziv jinslar 
tо‘la kristallangan bо‘ladi. ularni tashkil etuvchi minerallarning kristallari bir-
biridan yaqqol ajralib, kо‘zga tashlanib turadi. 
Kristall donachalarining kattaligi bir xil bо‘ladi. Bir xil kattalikdagi 
minerallar donalaridan iborat struktura granitli struktura deb ataladi. Bunga granit 
tog‘ jinsi strukturasi misol bо‘la oladi.


13 
Agar bir xil kattalikdagi kristall donalardan iborat massa ichida ayrim-ayrim 
katta kristall donalari uchrasa, bunday struktura granit-porfirli struktura deb ataladi. 
Masalan, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit –porfir ana shunday strukturaga misol 
bо‘la oladi. 
Effо‘ziv jinslarning strukturasi xilma-xildir. Kristall donalari kо‘rinmasa, 
oynaviy struktura deb ataladi. Agar mayda kristall donalari bо‘lsa, porfir strukturali 
deyiladi. Effо‘ziv jinslarning bunday strukturali bо‘lishiga sabab shuki, yer ustiga 
otilib chiqqan magma tez sovib, tezroq qotadi va undagi kimyoviy elementlar 
kristallanib ulgura olmaydi. 
Intruziv tog‘ jinslariga granit, siyenit, diorit, gabro kirsa, effuziv tog‘ 
jinslariga porfir, diabiz, bazalt, vulqon tufi, pemzalar misol bо‘ladi. 
Magmatik tog‘ jinslari vaqt о‘tishi bilan muxit ta’sirida fizikaviy va 
kimyoviy nurashlarga uchraydi. Bunday geologik yemirilishlar natijasida 
chо‘kindi tog‘ jinslari hosil bо‘ladi.

Download 6.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling